Milliy qadriyatlar yangi jamiyat fuqarolarining odob-axloqi va huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy omilidir Milliy qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda, ular odob-axloqi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda asosiy omildir. Jamiyatni yangilashda mustaqillik qadriyatlarini e'zozlash, milliy iftixor tuyg'ularini to'la shakllantirish milliy istiqlol g'oyalariga sodiq bo'lish alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik oliy nemat ekanligini tushungan holda ushbu tushuncha va g'oyalarni yanada teran his etish jamiyat a'zolariga o'ta mas'uliyatli vazifa yuklaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida takidlaganidek, «bugun hamma bo'lmasa ham, lekin ko'pchilik odamlar yaxshi anglaydiki, faqat zamon bilan teng qadam tashlayotgan, tez o'zgarayotgan dunyoning qatiy shart va talablariga javob berishga intilayotgan mamlakatning kelajagi yorug' bo'lishi mumkin. Shu manoda mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustivor maqsad va vazifa bo'lib qolaveradi. Inkor etib bo'lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qon-qoniga, vujudiga singib ketishini istardim». Yangi jamiyat fuqarolarini tarbiyalashda odob-axloq va huquqiy madaniyat muhim o'rin tutadi. Uning asosini Prezident I.Karimov tomonidan asoslab berilgan milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari tashkil etadi. Yangi jamiyat bunyodkori eng avvalo milliy g'oya va istiqlol mafkurasiga sodiq O'zbekiston fuqarosidir. Yangi jamiyat bunyodkori Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravonligi kabi tushunchalarning mohiyatini chuqur anglashi lozim. Ana shu buyuk g'oyalar zamirida yangi jamiyat bunyodqorining odob-axloqi va huquqiy madaniyati o'zining mujassam ifodasini topishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etirof etganidek, jahon xo'jalik aloqalariga qo'shilishning asosiy sharti sifatida umum qabul qilingan norma va qoidalarga ko'proq yaqinlashishga intilgan holda, Respublikaning o'z huquqiy asoslarini ishlab chiqishda uning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy o'ziga xos xususiyatlari iloji boricha to'la hisobga olinishi kerak. Shu bilan birga yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida aholining kundalik turmushiga singib ketgan xalq an'analari, urf-odatlari, shaxslararo va millatlararo muomala hamda diniy e'tiqodlarning asriy tarixidan meros qilib olingan, umuminsoniy qadriyatlarga, odamlarning huquq va erkinliklariga zid bo'lmagan axloqiy normalar albatta aks ettirilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasiga ko'ra, davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat faravonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Ushbu konstitutsiyaviy normada odob-axloq va huquqiy madaniyat qoidasi sifatida ijtimoiy adolatni ham o'z ichiga qamrab olgan. Ijtimoiy adolat - xulqning keng doirasini o'zida qamrab oladi va uning yaxlit mazmunini o'zida aks ettiradi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida axloqiy tushunchalar va normalar ifoda etilgan, xususan, Kodeksning 9-moddasiga ko'ra, fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma'naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari kerak. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.46 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc