O'zbekiston Qurolli kuchlari - xavfsizlikning tayanchi Milliy xavfsizlikni ta'minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar Hamjihatlik - xavfsizlik omili Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta'minlash aso-siy vazifa sifatida hamisha mamlakat hukumatining diqqat-e'tiborida bo'ldi. Shu davr mobaynida O'zbekistonda milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepiiyasi ishlab chiqildi.Milliy xavfsizlikni ta'minlash masalalari mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta'minlash tamoyillari o'rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'lini tutdi. Lekin, milliy xavfsizlik masalasi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi sifatida ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24 fevralda bo'lib o'tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda jahonda yuz bergan yangi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so'ng, davlatlararo munosabatlar muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy me'yorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo'lishi kerakligi to'g'risidagi g'oya ilgari surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi ko'rsatib berildi. Ana shu ko'rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24 aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma'qullangan to'rt bo'lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo'lgan «Milliy xavfsizlik to'g'risida»gi Qonun loyihasi muxokama qilindi. Tarixga nazar solsak, fuqarolari haq-huquqsiz, jamiyati-ning moddiy va ma'naviy boyliklari poymol qilingan, suve-reniteti va o'z hududini qo'riklay olmagan har qanday tuzum oxir-oqibatda inqirozga yuz tutgan. Sobiq tuzum davrida milliy xavfsizlik haqidagi masala-ni o'rtaga qo'yishning o'zi aqlga sigmasdi. Chunki bunday sohani Krnun bilan tartibga solishdan davlat manfaatdor emas edi. Qonun esa demokratik prinsiplarga to'liq javob beradi hamda maqsadga erishish uchun har qanday vositadan hazar qilmaydi-gan eski totalitar aqidani qat'iyan rad etadi. Uning qator moddalarida ta'kidlanganidek, milliy xavfsizlikni ta'min-lashdagi har qanday faoliyat faqat Konstitutsiya, Qonun va xalqaro huquq normalariga asoslangan bo'lishi kerak. «Milliy xavfsizlik to'grisida»gi O'zbekiston Respubli-kasi Qonuni mamlakatimizda o'ta murakkab va serqirra ijti-moiy munosabatlarni tartibga solish uchun mo'ljallangandir. Ma'lumki, XX asrning so'nggi yillari jahon taraqqiyo-tida burilish yasadi. Bu mavjud ikki siyosiy tuzum o'rtasidagi raqobatning yo'qolishi, yangicha ijtimoiy-siyosiy jarayonlar-ning vujudga kelishi bilan bevosita bog'liq. Jumladan, sobiq Ittifoqning tarqalishi jahon siyosatida shaqlan va mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma'-naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok ta'sirida shakllan-gan qurollanish poygasi, harbiy zo'ravonlik, milliy xavf-sizlik tushunchalari butunlay o'zgara bordi. Ko'pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosati, ularning o'zaro raqobati avj olgan davrlarda vujudga kelgan va mazkur ijtimoiy siyosat jarayonlari qobig'idan chi-qib ketolmayotgan edi. Ular o'z mavqeini saqlab turishga va ta'sirini o'tkazish o'rniga ko'proq, xech bo'lmaganda, ikki qara-ma-qarshi tomonning muvozanatini muvofiqlashtirib turish-gagina qodir edi, xolos. Shuning uchun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: ppt