Milliy xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida

Milliy xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida

O'quvchilarga / Huquq
Milliy xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida - rasmi

Material tavsifi

Milliy xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida Reja: O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqni muhofaza qilish faoliyati. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari. O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi va 26 sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 2 noyabrdagi 278-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida NIZOM qabul qilingan bo'lib, mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan O'zR VM 24.11.1995 y. 442-son Qarori, O'zR VM 01.05.2002 y. 150-son Qarori, O'zR VM 26.05.2005 y. 135-son Qarori. Ushbu Nizomda: I. Umumiy qoidalar II. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va huquq doiralari II. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari IV. O'zbekiston Respublikasn Milliy xavfsizlik organlarining huquqlari V. Milliy xavfsizlik organlarining kadrlari va ularning huquqiy mavqei VI. Milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish belgilangan. O'zbekiston Respublikasi MXX Respublika qo'mitasining huquqlari bilan ta'minlanadi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo'ysunadi. MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O'zbekistonga qarshi razvedka-qo'poruvchilik faoliyati bilan kurash olib boradilar, O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi MXX o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va nohiyalarda o'zining organlarini tuzadi. O'zbekiston Respublikasi MXX amaldagi buyruqlar va ko'rsatmalarga muvofiq, agar ular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lmasa, operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi. MXX Raisi va uning o'rinbosarlari o'z huquqlari doirasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Kengashning va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, ko'rsatmalar ia yo'riqnomalar chiqaradilar. Xavfsizlik organlari ishini tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida Xizmat Raisi - Kengash raisi, uning o'rinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar xodimlari bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ksngashi tuziladi. Kengash a'zolarining shaxsiy tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezideiti bilan kelishgan holda Xizmat Raisi tomonidan tasdiqlanadi. MXX va uning joylardagi organlari chet el davlatlari va tashkilotlarining O'zbekistonga qarshi qaratilgan razvedka-qo'poruvchilik faoliyatlariga qarshi kurashadi, O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligi, iqtisodi, ilmiy-texnikaviy va mudofaa potentsialini huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qilish vazifasini bajaradi. O'zbekiston Respublikasining Milliy Xavfsizlik xizmati to'g'risidagi Nizom MXX faoliyatining huquqiy asosi bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi MXX o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z organlarini, viloyatlarda va alohida shahar va tumanlarda boshqarmalarini tashkil qiladi. MXX O'zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.86 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.86 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga