Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari Reja: Qonuniylik prinsipi Hududiylik va predmetlilik prinsiplari xususida. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining huquqlari va ularning huquqiy holati Milliy xavfsizlik organlari xodimlarining ijtimoiy himoya qilish. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari. prinsip - lotincha so'zdan olingan bo'lib, principium yani,- «qoida», «asos», «asosiy, rahbariy qoidalar, yo'l-yo'riqlar» degan manoni bildiradi. prinsiplar malum bir nazariyaning, fanning, dunyoqarashning, siyosiy tashkilotning dastlabki ibtidosini o'zida aks ettiradi. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari - Milliy Xavfsizlik Xizmati organlarini tashkil etish va faoliyatini tizimlashtirish elementi bo'lib, ularning maqomi hisoblanadi. Bu maqomning asosi- prinsiplar. prinsiplar sifatida MXX organlarining faoliyat mohiyati va maqsadini belgilovchi boshlang'ich asos nazarda tutiladi. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyati: qonuniylik; barchaning qonun oldida tengligi; shaxsni, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish; insonparvarlik; va internatsionalizm prinsiplariga asoslanadi. Fikrimizcha, mustaqillik, hududiylik va predmetlilik prinsiplariga ham tayanib faoliyat ko'rsatadi. Ushbu prinsiplar mohiyatini ko'rib chiqsak: Qonuniylik prinsipi - bu huquq subyektlari faoliyati uchun umumhuquqiy boshlang'ich asos hisoblanadi. Bu prinsipga amal qilish huquqiy davlat qurilishining asosiy sharti hisoblanadi. MXX organlarining xodimlari o'z faoliyatlarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. MXX organida bu asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi, chunki uning faoliyati qonuniylikni ta'minlashga qaratilgandir. Bu uning asosiy maqsadi, yani qonuniylikning ustuvorligi, bir xil va aniq ijro qilinishini anglatadi. Qonuniylik o'zining ichiga quyidagi qator imkoniyatlarni oladi: mamlakatda rivojlangan qonunchilik tizimining boshqariladigan huquqiy munosabatlarga mos bo'lishini; tegishli qonunlarga rioya etishlikni taminlovchi davlat-huquqiy infratuzilmalar; fuqarolar va mansabdor shaxslarning amaldagi qonunlardan xabardor bo'lishi; huquqbuzarlik, ularning vujudga kelish sabab va sharoitlarini o'z vaqtida bartaraf etish. MXX organlari faoliyatida qonuniylik tamoyili deganda barcha davlat organlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari, o'z-o'zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar va fuqarolarning kim bo'lishidan qati nazar qonunlarga rioya etishi va MXX organlarining ham faqatgina qonunga asosan, qonunga va qonun osti hujjatlariga tayanib faoliyat ko'rsatishi tushuniladi. Bundan tashqari qonuniylik qonunlarning ustuvorligi va huquq ierarxiyasiga amal qilinishi nazoratini ham o'z ichiga oladi. Qonuniylik prinsipi bu uning talablariga MXX organlarining o'zida barcha hodimlar tomonidan qonunga qati amal qilishlikni anglatadi. Mustaqillik prinsipi - bu MXX xodimlari tomonidan o'zlarining barcha funksional qaror va harakatlarini qonunga asosan olib borishlaridir (funksional faoliyatni amalga oshirish, tergov olib borish va b.). Bunda ular tekshiruv va tergov materiallari hamda ularni olib borishning to'liqligi, obyektivligi va har tamonlamaligini taminlovchi sifatida namoyon bo'ladi. MXX xodimlarining u yoki bu masala yuzasidan qaror qabul qilishga yoki faoliyatiga davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining, o'zini-o'zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc