Moddiy boyliklar, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritishning xususiyatlari

Moddiy boyliklar, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritishning xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Moddiy boyliklar, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritishning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Moddiy boyliklar, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritishning xususiyatlari Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo'lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar - bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to'liq javob beradigan, texnik nazorat bo'limi (TNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qshpshgan buyum va mahsulotlardir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o'rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko'paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e'tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e'tibor mol yuborish - shartnomalari bo'yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib hisoblanadi. Korxonaning hisob - kitob schetiga pul tushgan va tushmaganligidan qat'i nazar barcha yuklangan va jo'natilgan mahsulotlar realizatsiya hajmiga qo'shilishi mumkin. Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo'jalik mablag'lari-ning doiraviy aylanishini yakunlaydi. Bu o'z navbatida korxonaga davlat byudjeti, ssudalar bo'yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish va ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Realizatsiya rejasini bajarmaslik aylanma mablag'lar aylanishini sekinlashiga, haridorlar oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to'lashga, to'lovlarni kechiqishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi. Korxona realizatsiya hajmi bilan bir qatorda foyda summasini (hajmini) ham rejalashtiradi. Chunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma'lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) bo'yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko'paytirsa, reja bo'yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu byudjetga foydadan bo'nak ajratmasini to'lash uchun baza bo'lib hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Om-bordagi tayyor mahsulot» schetida yuritilib, u mavjud tayyor mah-sulotlar va ularning harakati to'g'risidagi axborotni umumlashti-rish uchun tayinlangan. Bu schetning debetida omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo'natilgan mahsulotlar aks ettiriladi. Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810 schetning debetida ikkita ko'rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan og'ishish summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari qo'llanilsa, 2810 schetning debetida quyidagi ko'rsatkichlar bo'ladi: ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi. Maqsulot, ish va xizmatlar sotish hisobi 9010 «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020 «Tovarlar sotishdan olingan daromadlar» va 9030 «Bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schetlarida yuritiladi. Mazkur schetlar tranzit bo'lib passiv schetlarga mansubdir. Bu schetlar tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlarni sotish jarayoni to'g'risidagi axborotni umumlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.7 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.7 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga