Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr davlati va huquqi

Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr davlati va huquqi Reja: Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning boshqaruvi tuzumi. Markaziy va mahalliy boshqaruv. Chingizxon «Yaso»lari . Kebekxon islohotlari. Mo'g'ullar hukmronligi davrida jinoyat va jazo masalalari. Chig'atoy ulusining tashkil topishi XII asrning boshlariga kelib, qadimgi turklar bilan qo'shni yashab kelgan mo'g'ul- tatarlar tarqoq urug'larni birlashtirib, o'zaro nizolarga barxam berishdi. Temuchin (Chingizxon) (1206-1227) boshchiligidagi harbiy -demokratik tuzumdagi markazlashgan turk-mo'g'ul davlati tashkil topdi. Uning bosh kenti Qoraqurum shahri edi. 1219 yilning sentyabrida O'tror, 1220 yil fevralida Buxoro, martida Samarqand Chingizxon tomonidan egallandi. 1221 yil butun O'rta Osiyo mo'g'ullar hukmronligiga bo'ysundirilgan. Chingizxon o'z jamiyatida odat huquqlaridan tashqari o'zining qattiq ja'zolari bilan ajralib turuvchi qonunlar to'plami Yaso (yoso)ni taqdim etdi. 1206 yildan esa qurultoyni tashkil qildi. qurultoy ikki masala: 1. Davlatning oliy boshlig'i. 2. Yaso qonun-lari hamda unga amal qilishning nazorat qilish masalasini hal qildi. qurultoy asli turkcha so'z bo'lib, umumxalq yig'ini ma'nosini anglatgan. Temuchin (Chingizxon) qurultoyni karnay- surnaylar bilan jarchilar yordamida chaqirgan. qo'shinni o'ng qanoti (barongor), so'l qanoti (jangovor)ga bo'lingan. Oq rangdagi Tugi maydonida to'qqiz bor yuqoriga ko'tarilib, u butun mo'g'ullarning buyuk xoqoni (buyuk xoni) qilib saylangan. hamda unga Chingizxon unvoni berilgan. Chingizxon unvoni bir qancha ma'nolarni anglatadi. Mirzo Ulug'bek bu haqida shohlar shohi degan ma'noda desa, ingliz olimi Bosvort turkiycha Dengizxon so'zining talafuzidir deydi. Mo'g'ul udumlariga ko'ra, Temuchinga bu unvonni Keucha ismli Tab- tangr laqabli, shaman berib, bu so'z shamanlar sig'inadigan ruxlardan birining nomini bildirishini va bu so'z xonlar xoni degan ma'no anglatishini aytishadi. Asosiysi Temuchin o'zidan oldin o'tgan qoraxoniylar xonining buyuk xon yoki xonlar xoniga teng kelgani uchun ham barcha mo'g'ullar bajarishi shart bo'lgan Yoso qonunlari-ni e'lon qilgan. Shaboshou yoki Yoso qonunlari deb ataluvchi bu to'plam, uyg'ur yozuvida yozilgan, muxrlanib davlat xazinasiga topshi-rilgan. Barcha sultonlar va xonlar unga bo'ysunishi shart bo'lgan. quriltoylarda bu qonunlar o'qib turilgan. Chingizxon yasoga amal qilish ustidan nazorat qilishni katta o'g'li Chig'atoyga topshirgan. Bu qonunlar Turkistonda mo'g'ullar hukmronligi tugatilgandan so'ng ham qisman ta'sir etib turgan. Davlat tepasida oliy hukmdor xon turgan. Chingizxon o'ziga tegishli yerlarni 4 ta ulusga bo'lib, katta o'g'li Jo'jiga Irtish daryosining Sirdaryoning quyi oqimigacha nargi tomonini; qoshg'or, Yettisuv, Movarounnahr ikkinchi o'g'li Chig'atoyga; Farbiy Mo'g'uliston va Tarbag'atoy o'lkasi O'g'adoyxonga; Shimoliy Mo'g'uliston kenja o'g'il Tuluyga bo'lib berilgan. Oltin O'rdaga asos solingan. Chig'atoy ulusini Mahmud Yalavoch boshqargan, keyinchalik u Xitoyga hokim etib tayinlangan. harbiy hokimiyat aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari, dorug'a-chi va tamg'achi deb ataluvchi mug'ul amirlari qo'lida bo'lgan. Chingizxonning o'g'illari o'zlariga tegishli joylarda- uluslar-da keng huquqlarga ega bo'lishgan. Ular viloyatlarni beklarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.86 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga