Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'zbekiston hududida davlat va huquq Reja: Chig'atoy ulusining tashkil topishi va uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Chingizxon «Yasog'i» - asosiy huquq manbai Chig'atoy ulusining tashkil topishi va uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Chingizxon 11551161-yilda tug'ilgan bo'lib, otasining ismi Yesugay bahodir, onasining ismi esa O'lun bo'lgan. Asli ismi Temuchin bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha, Temuchin o'ng qo'li yumilgan holda kaftida qon bilan tug'ilgan. Bu xabarni u yer yuzida hukmdor bo'lishi, butun dunyo podsholari uning oyoqlari ostida bo'lishini bashorat qilishgan. 12056-yilda poytaxt Qoraqurumda imperator deb saylanish arafasida u mo'g'ul-tatar xonlarining ulug' xoni - qooni, Chingizxon nomini oldi. Unga Chingizxon nomini, mo'g'ul dashtlarida yuradigan Tib Tangrisi bergan. Mazkur qurultoy paytida Temuchinni minglab xos soqchilari qo'riqlayotgan joyga qanday o'tib borganligini hech kim bilmaydi. U Temuchinni ko'rib, kecha menga Xudodan sado keldi. Biz yer yuziga yangi hukmdorni tanladik. Butun dunyo podsholarini unga bo'ysundirdik, unga Chingizxon deb nom qo'ydik, deydi. Bu nom Temuchinning o'ziga ham yoqadi, ayonlar esa uni «Chingizxon» deb tan oladi. asrning oxirlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda quyi bosqichlarda turgan mo'g'ul qavm-qabilalarida qudratli mo'g'ul davlatini barpo qilish uchun o'zaro kurash olib borilgan. Hokimiyat uchun janglarda Temuchin g'alaba qozonadi va XII asr so'ngida ko'plab turkiy elatlardan iborat kuchli mo'g'ul davlatiga asos soladi. U ko'chmanchi mo'g'ullarning odatlarini asos qilib, kuchli va markazlashgan davlat tuzadi. asr boshlariga kelib qo'shni davlatlarni bosib olishga kirishiladi. Jumladan, bu davr oralig'ida Sibir, Sharqiy Turkiston va Xitoy yerlari egallanadi. 1218-yilga kelib Temuchin davlati hududiy tuzilishi bo'yicha 60 ta tumandan iborat bo'lgan. 1219-yil fevralda O'trorga mo'g'ullar qo'shinining kirib kelishi bilan O'rta Osiyo hududida hukmronlik qilayotgan Xorazmshohlar davlatiga yurish boshlanadi. 1221-yilda butun O'rta Osiyoda mo'g'ullar hukmronligi o'rnatiladi. Davlat tizimining tepasida oliy hukmdor - xon turgan. U maxsus chaqiriladigan qurultoyda saylangan. Shu bilan birga oldin hokimiyatni boshqargan xonning vasiyati ham hisobga olingan. Taxt meros tariqasida o'tishi mumkin bo'lgan. U urush va tinchlik masalalarini, oliy boshqaruv lavozimlariga tayinlash va chetlatish masalalarini hal qilgan. Davlat va harbiy boshqaruvda o'zini faol ko'rsatgan mansabdor shaxslarni taqdirlash ishlarini olib borgan. Xon Chingizxon davrida va undan keyin ham davlatning asosiy hududi egasi bo'lgan. U tarhon yorliqlarini chiqargan. Davlat boshqaruvida markazlashgan davlat mahkamalari tashkil etilmagan. Oliy boshqaruv saroy tomonidan amalga oshirilgan. Mamlakat hududi u tashkil topgan davrlardanoq uluslarga taqsimlanganligi bois markaziy boshqaruv ta'sis etilmagan. Faqat ulus boshqaruvlari o'rnatilgan. Udel-ulus (o'lkalar) xon yaqinlari hamda shahzodalar tomonidan meros tariqasida olingan va ular xoqonning vassallari bo'lib hisoblangan. Markaz va ulus o'rtasidagi aloqalar saroy tomonidan olib borilgan. Uluslar boshqaruvi borasida xon ulus hukmdori vafotidan so'ng uni marhumning o'g'illari, nabiralari, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.39 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.39 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc