Moliyaviy - huquqiy me'yorlar va moliyaviy huquqiy munosabatlar

Moliyaviy - huquqiy me'yorlar va moliyaviy huquqiy munosabatlar

O'quvchilarga / Huquq
Moliyaviy - huquqiy me'yorlar va moliyaviy huquqiy munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Moliyaviy-huquqiy me'yorlar va moliyaviy huquqiy munosabatlar Reja: 1. Moliyaviy-huquqiy me'yorlar tushunchasi va ularning turlari. 2. Moliyaviy-huquqiy munosabat tushunchasi va uning turlari. 3. Moliyaviy-huquqiy munosabat subyektlari va ularning huquqlari. Moliyaviy munosabatlarni tartibga solish davlat tomonidan maxsus yuridik normalar chiqarish yo'li bilan amalga oshiriladi va ularning majmui maxsus huquq tarmogi - moliya huquqini tashkil etadi. Moliyaviy - huquqiy me'yorlarning mazmuni esa, davlatning moliyaviy jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarning tartib qoidalaridan iborat bo'ladi. Bu qoidalarni odatda davlat va uning mahalliy idoralarida, davlatning pul fondlarini tashkil qilish, taksimlash uchun zarur siyosatimizdan kelib chikadi. Moliya huquqi me'yorlarining tuzulishi 3 kismdan iborat bo'lib, ular kuyidagilar; -Gipoteza - moliyaviy me'yorning harakatini belgilaydi, kupincha murakkab shaklga ega bo'ladi. -Dispozitsiya - moliyaviy munosabat ishtirokchilari harakat qoidalarini belgilaydi. Moliyaviy munosabat katnashchilari huquq va majburiyatlarini kursatadi. Moliyaviy munosabat katnashchilaridan malum qoidalarga rioya etishni katiy talab etadi. Sanksiya- moliyaviy-huquqiy me'yorlarni buzuvchilarga nisbatan javobgarlik choralarini belgilaydi. Moliyaviy huquqiy jazo choralari o'ziga xos xususiyati: Pul shaklida, moddiy mablaglar shaklida javobgarlikni belgilaydi, aniq ifodalanib, jarima, solik solish, moliyalashtirishni tuxtatish kabi choralardan iborat, Ayrim holatlarda ma'muriy va jinoiy javobgarlik xam nazarda tutiladi. Moliyaviy huquqiy me'yorlar moliyaviy munosabat katnashchilariga ta'sir etish usullariga ko'ra 4 xil bo'ladi: Majburiyat belgilovchi normalar, bunday normalar huquqiy munosabat subyektlariga malum harakatni bajarishga majbur etadi, Taakiklovchi normalar, bunday normalar subyektlarni malum harakatni bajarishdan o'zini tiyishga undaydi, majbur etadi. Vakolat beruvchi normalar, moliyaviy munosabat katnashchisiga malum harakatni, faoliyatni bajarishga ruxsat beradi. Ijrochilikni taminlovchi normalar, bu boshqa moliyaviy me'yorlar bajarilishiga katta yordam kursatadi. Davlat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida o'zi vakolat bergan idoralar orqali turli shaxslar bilan munosabatda bo'ladi va shu munosabatlar moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlarning maqsadi davlat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun pul fondlari tuplanishi va maqsadga muvofik ishlatilishi ustidan nazorat olib borish va mamlakatda barqaror pul-kredit siyosati yuritilishini ta'minlashdan iborat. Moliyaviy munosabatlar davlat qonunlari va boshqa normativ aktlar vositasida tartibga solinar ekan, moliyaviy huquqiy munosabatga aylanadi. Moliyaviy huquqiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari: moliyaviy huquqiy munosabtlarda davlat o'zi vakolat bergan organlar orqali katnashadi va bu moliyaviy munosabat ishtirokchilarining tengsizligidan dalolat beradi. moliyaviy munosabat ishtirokchilari huquq va majburiyatlari shartnoma yoki boshqa kelishuv asosida emas, balki bevosita qonun bilan belgilanadi, bu munosabatlar buzilgan taqdirda davlat uzining vakolatli organlari orqali tegishli choralar kuradi. Demak, moliyaviy huquqiy munosabat - ijtimoiy-iqtisodiy munosabatning bir turi bo'lib, u davlatning ijtimoiy ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida notenglik asosidagi munosabatdir. subyektlariga ko'ra moliyaviy munosabatlar kuyidagilar o'rtasida vujudga kelishi mumkin: - davlat hokimiyati idoralari o'rtasida, - davlat hokimiyat va umumiy vakolatli davlat boshqaruv idoralari o'rtasida, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.71 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.71 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga