Moliyaviy - huquqiy munosabatlar

Moliyaviy - huquqiy munosabatlar

O'quvchilarga / Huquq
Moliyaviy - huquqiy munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 19-mavzu Moliyaviy-huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning muayyan bir turini tashkil etadi. Shuning uchun har qanday huquqiy munosabatga xos bo'lgan umumiy narsalar unga ham xosdir. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ayrim o'ziga xos xususiyatlarga ham ega bo'lib, bu xususiyatlar ularni huquqiy munosabatlarning boshqa turlaridan ajratish uchun imkon beradi. Ushbu xususiyatlar ularning yuzaga kelish sohasi (davlat moliyaviy faoliyati), moliyaviy-huquqiy tartibga solishning o'ziga xosligi (davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organ xohish-irodasining imperativligi va bir tomonlamaligi), huquqiy tartibga solish obyekti kabilar bilan belgilanadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: - uchinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi. - birinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar faqat davlat pul jamg'armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi; - ikkinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar ko'pincha mulkiy munosabatlarning turlaridan hisobla-nadi, chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag'lari qatnashadi; Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning bir qancha turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Masalan, moliya tizimining tegishli bo'g'iniga qarab, byudjet, soliq, davlat kreditini tashkil etish bo'yicha, sug'o'rta, pul muomalasi va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish kabi huquqiy munosabatlar va hokazo. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qilingan. Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalar materiallarida mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat pul jamg'armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash munosabati bilan yuzaga keladi. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o'z obyektlariga ega. Bu obyektlar, eng avvalo, pul va pul majburiyatlaridir, ammo faqat bu bilan kifoyalanmay, ularga pul mablag'larining to'planishi va sarflanishini ta'minlovchi tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining qonun doirasidagi xatti-harakati ham kiritilishi mumkin. Moliya huquqi normalari talablari moliyaviy huquqiy munosabatlarning ko'p turliligi orqali ro'yobga chiqib, ushbu munosabatlarning tegishli subyektlarisiz yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo'lishi mumkin emas. Moliya huquqida an'anaviy ravishda moliya huquqiy subyektlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi. 1. Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar - O'zbekiston Respublikasi va uning ma'muriy hududiy birliklari. Shu o'rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hisoblanadi. 2. Jamoa subyektlari - davlat moliyaviy faoliyati sohasida tegishli yuridik majburiyatlar va huquqlar majmo'yini olish qobiliyatiga ega bo'lgan hamda ularning amalga oshirilishi uchun mas'ul hisoblangan odamlarning tashkiliy va alohida ajratilgan turli xil birikmalaridir. 3. Individual subyektlar - O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lib, ular teng moliyaviy-huquqiy subyektlikka ega va shu munosabat bilan qonunlarda jismoniy shaxslar sifatida belgilanadi. Savol va topshiriqlar 1. Kimlar moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilari hisoblanadi? 2. Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari nimadan iborat? 3. Jismoniy shaxslar qachon moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilari bo'lishlari mumkin? 4. Davlat qanday hollarda moliyaviy-huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.99 MB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.99 MB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga