Moliyaviy xizmatlar sohasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va sud orqali iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Reja: Moliyaviy xizmatlar sohasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish Sud orqali iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Moliyaviy xizmatlar sohasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish Moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan ijrochi o'zining tugatilishi yoki bankrot bo'lishi ehtimolini nazarda tutgan holda iste'molchilarning talablarini qondirish maqsadida o'z javobgarligini sug'o'rta qildirishi shart. Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste'molchiga yetkazilgan zarar uchun o'zining jivobgarligi to'g'risida sug'o'rta shartnomasi borligi haqida iste'molchiga axborot berishi shart. Moliyaviy xizmatlar jumlasiga nimalar kiradi va ular iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishda qanday ahamiyatga ega? Moliyaviy xizmatlar jumlasiga banklar tomonidan fuqarolarni unga qo'ygan omonatlarini saqlash borasidagi xizmatlar, qimmatli qog'ozlarni emissiya qilgan emitentlar tomonidan qimmatli qog'oz egalariga qilinadigan xizmatlar, shuningdek turli lotereya va boshqa o'yin tashkilotchilari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar kiradi. Iste'molchi banka qo'yilgan omonatlari yuzasidan omonatchi sifatida ishtirok etishida uning foyda olishni maqsad qilib olgani iste'molchi tushunchasiga zid bo'lsa-da, uning ushbu bank tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlardan foydalanishda iste'molchi bo'lib hisoblanishi nazarda tutiladi. Bank ko'rsatayotgan xizmatlari va ichki qoidalari haqida, bankning o'zi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishda, axborotlarni o'z vaqtida berishda omonatchi iste'molchi mavqeiga ega bo'ladi. Banklar tomonidan fuqaro (iste'molchilar)ning omonatlarini saqlash bo'yicha xizmat ko'rsatishdan avval omonatga qo'yuvchilar bilan bank omonati shartnomasi tuziladi. Bank omonati shartnomasi tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida o'z ifodasini topgan. Kodeksning 759-moddasiga muvofiq, bank omonati shartnomasiga ko'ra, omonatchidan qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini - omonatni qabul qilib olgan bank shartnomada nazarda tutilgan shartlarda va tartibda omonatning summasini qaytarish va unga foizlar to'lash majburiyatini oladi. Aynan banka qo'yilayotgan omonat tushunchasiga O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni ham ta'rif berib o'tadi. Ushbu qonunga muvofiq, omonat (depozit) talab qilinishi bilanoq yoki to'lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to'lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o'rtasida kelishilgan muddatlarda foizlar yoki ustama haq to'lagan holda yoki bunday to'lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi hisoblanadi. 2002 yil 5 aprelda fuqarolarni banka qo'ygan omonatlarini himoya qilish va ushba huquqiy himoyani kafolatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlari himoyalanishini ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi Qonunining maqsadini amalga oshirish uchun Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tuzildi. Ushbu fond haqidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 19 sentabrdagi «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi 326-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarorida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc