Monarx davlat boshlig'ining huquqiy holati Reja: Kirish Davlat boshlig'i tushunchasi Monarxiya va uning ko'rinishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari mexanizmini yaratish borasida jahondagi yetakchi davlatlardan andoza olish bilan birga, ming yillardan beri shakllangan milliy urf-odat va an'analar, ajdodlarimizning boy merosini o'zlashtirgan holda jamiyatimiz hayotini yanada demokratlashtirish imkoniga ega bo'lamiz. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi fanini o'rganish Respublikamiz konstitutsiyaviy huquqini o'zlashtirishga imkon beradi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda har bir davlat maxsus huquqiy normalarni doimiy ravishda ijod qiladi. Ushbu normalar maxsus apparat yordamida majburiy asosda qo'llanishi ta'minlanadi. Xuddi shu huquqiy normalar tizimida shunday asosiy normalar ajralib turadiki, shular asosida davlat mexanizmi ta'minlanadi. Xuddi shu normalar konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq tomonidan tartibga solinadigan va mustahkamlanadigan ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tuzum va uning asoslari, jamiyatning siyosiy va iqtisodiy negizlari, jamiyat ijtimoiy tuzilishi shaxslarning huquqiy holati; jamiyat va davlat siyosiy rejimi, davlat tuzilishi, boshqaruv shaklini belgilanishi, bular barchasi konstitutsiyaviy huquq institutlaridir. Shundan, kelib chiqib, konstitutsiyaviy huquqni ta'riflash lozim. Davlat hokimiyatini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda inson va fuqarolar huquqiy holati bilan bog'liq asosiy munosabatlarni belgilovchi yuridik normalar yig'indisi konstitutsiyaviy huquqni tashkil etadi. Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqini o'rganishda xorijiy davlatlarda davlat boshlig'ining huquqiy maqomi, xususan, monarx davlat boshlig'ining o'ziga xos belgilari masalasi muhim ahamiyatga ega. Kurs ishining maqsadi. Xorijiy mamlakatlarda monarx - davlat boshlig'ining huquqiy holati, uning belgilari masalasini yoritib berish. Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: Davlat boshlig'i tushunchasining mohiyatini yoritib berish; Monarxiya va uning mutloq, parlamentar, dualistik va teokratik ko'rinishlarini o'rganish va izohlab berish; Monarx - davlat boshlig'ining o'ziga xos belgilarini ko'rsatib berish; Monarxiya shaklidagi davlatlarda taxt vorisligining asosiy shakllarini yoritib berish. 1. Davlat boshlig'i tushunchasi Hokimiyatning klassik tarmoqlari - parlament, hukumat, sud (qonunchilik, ijro va sud hokimiyati) dan farqli ravishda davlat rahbarining amaliy va yuridik holatini bir xilda baholash mumkin emas. Bu juda murakkab masala: davlat rahbari kim, uning yuridik va amaliy maqomi qanday? U kim - qonun chiqaruvchimi, ijro hokimiyatining rahbarimi yoki hech bir tarmoqqa tegishli emasmi? Davlat mexanizmida davlat rahbari qanday o'rin tutadi. Gap shundaki, har bir mamlakatda bu mansab egasining tutgan o'rni o'ziga xos. Ammo shunga qaramay, ularning davlat rahbari institutiga bergan ta'rifini ifoda etuvchi umumiy belgilari, o'ziga xos aniq tomonlarini alohida ko'rsatish mumkin. Masalan, L.M.Entonning fikricha, davlat rahbari -bu Davlat instituti ierarxiyasida rasman eng yuqori o'rinni egallagan, mamlakatning ichki siyosiy hayotida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.73 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.73 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: docx