Monarxiya - rasmi

Material tavsifi

Monarxiya Reja: 1. Monarxiya davlat boshqaruvi shakli 2. Mutlaq monarxiya 3. Dualistik monarxiya 4. Parlamentar monarxiya 5. Teokratik monarxiya 1. Monarxiya davlat boshqaruvi shakli «Monarxiya» atamasi (monos - bir, arxe - hokimiyat) yunoncha so'z bo'lib, yakkahokimlik, yagona hukmdor degan manoni anglatadi. Mo-narxiya boshqaruv shakli sifatida o'zining aniq yuridik belgilariga ega. Agar oliy davlat hokimiyati bir shaxsning (monarx, qirol, podsho, imperator, shoh, sulton) qo'lida to'plangan bo'lsa va avloddan-avlodga meros qilib qoldirilsa, bunday boshqaruv shakli monarxiya deb ataladi. Monarx davlatning jonli timsoli bo'lib, tashqi va ichki siyosat bobida davlat boshlig'i sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Monarxiya boshqaruv shakli yakkahokimlik asosida amalga oshi-riluvchi davlat boshqaruv shakli bo'lib hozirgi kunda mutlaq monar-xiya boshqaruv shaklidagi davlatlar juda kamchilikni tashkil etadi. Monarx davlatning barcha ishlarini bir o'zi hal etmasa-da, yani davlatda turli davlat organlari, maslahatchilar, vazirlar, amaldor-lar mavjud bo'lsa-da, eng muhim, prinsipal davlat ishlari bo'yicha monarx o'zi hukm chiqaradi. Yani u butun hokimiyatning to'la sohi-bidir. Monarxiyaning asosiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin: - monarx davlatni shaxsiylashtiradi; - monarx hokimiyatni yakka o'zi boshqaradi; - monarx hokimiyati muqaddas deb elon qilinadi; monarx o'z faoliyatida rasman mustaqildir; hokimiyatni o'rnatish, qabul qilish (ligitimlashtirish) ning alohida tartibi mavjud; muddatsiz, umrbod boshqaruv; - monarx o'z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas, yani monarx mas'uliyatdan ozod kishi hisoblanadi . Monarxiya tuzumi hukmron bo'lgan jamiyatda, davlat boshlig'i xudoning yerdagi vakili deb qaraladi. Masalan, Yaponiya imperatori 1945 yilga qadar quyosh xudosi Amaterasning o'g'li deb hisoblangan. Hozirgi zamonda, podsholarning xudolar avlodidan kelib chiqqan-ligi hech kimni qiziqtirmaydi. Tarixiy manbaalardan bizga ma-lumki, feodal tuzum hukmron bo'lgan davrda, katta yer egalari hoki-miyatni egallashga harakat qilib kelishgan. Ayrimlari bu maqsad-lariga erishib o'zlarini oliy hukmron deb elon qilganlar. Demak, hozirgi monarxiya tuzumi saqlanib qolgan davlatlar-ning hukmdorlari feodal tuzum davridan avloddan-avlodga o'tib kelgan nasl egalari hisoblanadi. Lekin ular hozirgi zamonda ol-dingi davrdagidek, davlat hokimiyatiga ega emaslar. Ammo monarx-ning millat birligini namoyon etuvchi mavqei hozir ham yuqori baholanmoqda. Masalan, 1946 yilgi Yaponiya Konstitutsiyasining 1-moddasida Imperator xalq birligi va davlat ramzi hisoblanadi, mustaqil hokimiyatga ega bo'lgan, xalqning xohish irodasi uning maqomini belgilab beradi. Shuningdek, 1978 yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining 56-moddasida ham millat birligi va davlat hokimiyatining mavjudligi qirol nomi bilan ataladi. 1707 yilgi Buyuk Britaniyaning Shotlandiya bilan qo'shilish haqidagi konstitu-tsiyaviy qonunida ham qirolichaning ikki davlat hokimiyati tizimi-dagi tutgan o'rni belgilab berilgan. Mazkur qonunning 1,2-modda-lari qirolicha hazrati oliyalarining bundan keyingi maqomi ikki oliy davlat birligi ramzi sifatida doimo hokimiyat tepasida bo'lishi va taxt vorisligi masalalarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.2 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.2 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga