Mualliflik huquqi intellektual mulk obyekti sifatida

Mualliflik huquqi intellektual mulk obyekti sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Mualliflik huquqi intellektual mulk obyekti sifatida - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Patentshunoslik yo'nalishi o'zbek tilining sohada qo'llanishi fanidan Mualliflik huquqi intellektual mulk obyekti sifatida mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi. Bajardi: Tekshirdi:. Mualliflik huquqi intellektual mulk obyekti sifatida Tezis- yunoncha qoida,isbot degan ma'nolarni anglatadi.Tezis-ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma'ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bo'lib,uning hajmi annotatsiyadan kattaroq,biroq ilmiy maqoladan kichik bo'ladi.Hajmi taxminan 1 betdan 3-4 betgacha bo'ladi. Mualliflik huquqi intelektual mulk huquqining eng muhim,qadimgi va katta institutlaridan biri hisoblanadi.Mualliflik huquqi quyidagi intelektual mulk obyektlarini o'z ichiga oladi: -adabiy asarlar; -drama va ssenariy asarlari; -musiqali drama asarlari; -xoreografiya asarlari va pantomimalar; -audiovizual asarlari; -rangtasvir,haykaltaroshlik,grafika,dizayn asarlari va tasviriy san'atning boshqa asarlari; -manzarali-amaliy va sahna bezagi asarlari; -arxitektura,shaharsozlik,bog'-park barpo etish san'ati asarlari; -Fotografiya asarlari,fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan asarlar; -jo'g'rofiya,geologiya xaritalari va boshqa xaritalar,jo'g'rofiya,topografiya va boshqa fanlarga taaluqli tarxlar,eskizlar va asarlar; -barcha turdagi EHM uchun dasturlar; Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish bo'yicha O'zbekiston Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasiga 2005-yilda a'zo bo'ldi.Pirovardida mamlakatimizda 2006-yilda Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun qabul qilindi.Qonunga ko'ra,mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro'yxatdan o'tkazish va biron-bir boshqa rasmiyatchilikni talab etmaydi.Bundan ko'rinib turibdiki,mualliflik huquqi obyektlari yaratildimi,demak,mualliflik huquqi ham vujudga keladi. Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to'xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); xalq ijodiyoti asarlari; oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar; Mutlaq mualliflik huquqlari egasi o'z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo'lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo'ladi: ‐aylana ichidagi lotincha C harfi; -mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi); asar birinchi marta chop etilgan yil. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida ko'rsatilgam shaxs muallif hisoblanadi va asarlar mualliflar jamoasi tomonidan ham yaratilishi mumkin.Ahamiyatga molik jihati shundan iboratki,qonun qoidalari oshkor qilingan asarlarga ham,oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi.Hozirgi kunda mamalakatimizda mualliflik huquqi obyektlarini ro'yxatga olish amaliyoti mavjud emas.Ammo bir qator xorijiy mamlakatlarda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini ro'yxatga o'tkazish amaliyoti mavjud.Albatta,asarlarni ro'yxatga olish majburiy emas,ammo ularni ro'yxatga olish kelgusida asarlar bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun ko'prik vazifasini o'tashi mumkin.Bevosita muallif asar yaratganidan so'ng muallifda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar vujudga keladi.Shaxsiy nomulkiy huquqlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 311.71 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 311.71 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga