MUALLIFLIK HUQUQI MUALLIFLIK HUQUQI BILAN NIMALAR MUHOFAZA QILINADI? Mualliflik huquqi (xalqaro amaliyotda - «copyright») ijodiy faoliyat natijasi hisoblangan va obyektiv shaklda ifodalangan ilmiy, adabiy va san'at asarlariga tarqatiladi. Muallifga asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquq va unga o'zgartirishlar kiritishdan himoya qilish huquqi (asarning dahlsizligi huquqi) tegishlidir. Ba'zi hollarda, masalan, ilmiy yoki ta'lim maqsadlarida, muallifning nomi va olingan manbasi albatta ko'rsatilgan holda asardan erkin foydalanishga yo'l qo'yiladi. QANDAY QILIB MUHOFAZA OLINADI? Mualliflik huquqi vujudga kelishi uchun asarni ro'yxatdan o'tkazish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab qilinmaydi. Mualliflik huquqi asarga uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo'lgan biron bir obyektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab chiqarilishidan qattiy nazar amal qila boshlaydi. Og'zaki asarlarga mualliflik huquqi asar uchinchi shaxslar tomonidan ma'lum qilingan vaqtdan e'tiboran amal qila boshlaydi. Shuni e'tiborga olish lozimki, mualliflik huquqi aynan g'oyalarni ifodalash shaklini muhofaza qiladi, ammo g'oyalarning o'zini emas. Masalan, biron−bir shaxs texnika jurnalida mutloq yangicha bo'lgan uchish apparatini qanday qilib qurish mumkinligi to'g'risida o'z maqolasini e'lon qildi deylik. Agar maqola muallifi ushbu ixtironi patentlamagan bo'lsa, boshqa bir shaxs bunday apparatni qurish uchun uning g'oyalaridan foydalanishi mumkin. MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILISH MUDDATLARI Mualliflik huquqi muallifning butun umri va uning vafotidan so'ng muallif vafot etgan yildan keyin keluvchi yilning birinchi yanvaridan boshlab ellik yil davomida amal qiladi. Asarga mualliflik huquqining amal qilishi muddati tugagandan so'ng u jamoatchilikka tegishli bo'lib qoladi. Mualliflik, muallifning nomi va asarning dahlsizligi muddatsiz muhofaza qilinadi. Ushbu huquqlar shaxsiy nomulkiy huquqlar bo'lib hisoblanadi va ular hech qachon hech kimga berilishi mumkin emas. Ular doimo asarning dastlabki muallifiga tegishli bo'lib qoladi. TURDOSH HUQUQLAR Turdosh huquqlar postanovkalarga, ijrolarga, ijrolarning yozuvlariga, ko'rsatuvlareshittirishlarni efir va kabel orqali uzatish tashkilotlarining kao'rsatuv va eshittirishlariga tarqatiladi. Ijrolarga bo'lgan huquqlar ijro etuvchilar - artistlar, sahnalashtiruvchi rejisserlar, dirijerlar va ularning merosxo'rlariga tegishli bo'lvadi.Bunday ijrolardan foydalanish huquqi boshqa huquq vorislariga o'tishi mumkin. Ijro yozuviga bo'lgan huquq bunday yozuvni yaratgan shaxsga yoki uning huquq vorisiga tegishlidir. Translatsiyaga bo'lgan huquq ko'rsatuveshittirishni yaratgan efirga uzatish tashkilotlariga tegishlidir. Mualliflik huquqini chеklash Jamiyat manfaatlarini kеngroq ta'minlash, dunyoda sodir bo'layotgan voqеa va hodisalardan хabardor bo'lish uchun mualliflik huquqi chеklanishi mumkin. Ayrim asarlarga nisbatan mualliflik huquqi tadbiq qilinmasligi mumkin. Mualliflik huquqini muhofaza qilish muddati tugagandan kеyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi va bunday asardan barcha erkin foydalanishi mumkin. Mazkur chеklashlar asardan normal foydalanilishiga o'rinsiz ziyon yеtkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi. O'zganing asarini shaхsiy maqsadlarda takrorlash dеganda, o'zganing chop etilgan asaridan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to'lamagan holda shaхsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.76 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.76 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: pptx