Muayyan jinoyatning sodir etilish mexanizmi

Muayyan jinoyatning sodir etilish mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Muayyan jinoyatning sodir etilish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Muayyan jinoyatning sodir etilish mexanizmi Reja: Muayyan jinoyatning sababi va sharoiti Muayyan jinoyat sodir etilishining ijtimoiy-ruhiy jarayoni Muayyan jinoyatning sababi va sharoiti Jinoyatchilikning oldini olishni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish har bir muayyan jinoiy xatti-harakatning ichki qonuniyatlarini va uning to'liq jarayonini chuqur va har tomonlama o'rganishni talab qiladi. Shaxs tomonidan sodir qilingan jinoiy xatti-harakat, har qanday boshqa turdagi insoniy xatti-harakat kabi, shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bilan u shunday xatti-harakatni sodir qilish haqida qaror qabul qilgan vaqtdagi obyektiv vaziyat (tashqi muhit) o'rtasidagi aloqa (bog'lanish) natijasidir. Bu jarayonni oddiygina qilib, quyidagicha tasvirlash mumkin: xatti-harakat Muayyan jinoyat sodir qilishning sabab va sharoitlarini aniqlash uchun, avvalo shaxsga salbiy ta'sir qilish manbai va yo'llari, shaxs shakllanishining salbiy sharoitlarini o'rganish lozim. Shaxsdagi salbiy ma'naviy-ruhiy xususiyatlar uni o'rab olgan ijtimoiy muhitdagi yo'nalishlar va ijtimoiy hayotdan chetdagi qarashlarni o'zlashtirish mahsulidir. Bu salbiy ma'naviy-ruhiy xususiyatlar shaxsda odamlar bilan bo'ladigan uzluksiz va bevosita munosabatlarda shakllanadi. Shuning uchun ham muayyan jinoiy xatti-harakat muammosi, shaxs bilan ijtimoiy muhit aloqasi taqozo qiladigan uning kelib chiqish muammosiga aylanadi. Har qanday muayyan jinoyatning sabab va sharoitlarini o'rganish tashqaridan oddiygina ko'rinsa-da, lekin juda ham murakkab, bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir necha qismlardan iborat jarayonni o'rganishni taqozo qiladi. Har bir jinoyat bir tomondan uni sodir qilgan shaxsning o'ziga xos xususiyatlari, ya'ni ehtiyojlari, manfaatlari, motivlari, maqsadlari, ularning natijasi bo'lgan turli ijtimoiy qadriyatlarga, o'rnatilgan huquqiy qoidalar va taqiqlarga qarashlari va munosabatlari bilan, ikkinchi tomondan, shaxsdagi o'ziga xos xususiyatlar bilan aloqada, uzviy bog'liqlikda qasddan jinoyat sodir qilish niyati va jur'atini yoki ehtiyotsizlik bo'yicha jinoiy oqibatga olib keladigan harakatni (harakatsizlikni) chaqiradigan tashqi obyektiv omillar (tashqi muhitdagi) yig'indisi bilan izohlanadi. Shuni qayd etish lozimki, shaxsdagi o'ziga xos xususiyatlar ham o'z vaqtida shaxsning tashqi muhit bilan aloqasi natijasida shakllanadi. Shuning uchun ham kriminologiya muayyan jinoyatning sabab va sharoitlarini o'rganishda shaxsdagi mavjud bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish bilan cheklanmaydi, balki ularning paydo bo'lishi va rivojlanishini, ya'ni shaxsning ma'naviy shakllanish sharoitlarini ham tadqiq qiladi. Bu esa jinoyatchilikning oldini olishda dastlabki profilaktikani amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Har bir muayyan jinoyat shaxsdagi noqulay sharoitlar ta'sirida shakllangan salbiy ma'naviy-ruhiy xususiyatlar va ularning jinoiy xatti-harakatda namoyon bo'lishiga (ko'rinishiga) yordamlashuvchi tashqi obyektiv omillar, ya'ni jinoiy vaziyat o'rtasidagi aloqaning natijasidir. Bu yerda shaxsdagi salbiy ma'naviy-ruhiy xususiyatlar jinoyatning sababi bo'lib harakat qilsa, bu xususiyatlarning jinoiy xatti-harakatda namoyon bo'lishga yordamlashgan obyektiv tashqi omillar esa sharoit hisoblanadi. Ushbu jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: S - sabab; Sh - sharoit; O - oqibat jinoyat Ushbu tasvirdan ko'rinib turibdiki, muayyan jinoyat sodir qilinishida shaxs ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.51 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.51 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga