Muhammad Payg'ambar SUV missiyasi

Muhammad Payg'ambar SUV missiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Muhammad Payg'ambar SUV missiyasi - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Paygambar (suv) missiyasi Reja: 1. Islomning Arabistondagi g'alabasi 2. Payg'ambar sahobalari - to'g'ri yo'ldan boruvchi xalifalar Islom sivilizatsiyasi - Sharqdagi eng yosh sivilizatsiyalardan biri. U milodiy VII asrda shakllana boshlagan. Keyinchalik o'z chegaralarini kengaytirib, juda ko'p davlatlarni qamrab olgan islom sivilizatsiyasining beshigi Arabiston yarimoroli hisoblanadi. Arabiston yarimorolining katta qismini sahro egallagan; faqat qirg'oqbo'yi hududlarida unumdor yerlar bor. Bu hududlarda yashovchi aholi g'alla, uzum, zaytun, ziravorlar etishtirgan, qo'y va tuya boqqan. Bu yerda joylashgan qadimgi shaharlar O'rta yer dengizi mamlakatlari, Afrika va Hindiston bilan savdo-sotiq olib borgan. Davlatchilikning ilk kurtaklari ham shu yerda vujudga kelgan. Arabiston yarimorolining markazida yashovchi ko'chmanchi xalq - badaviylarning turmush tarzi boshqacha bo'lgan. Ular chorvachilik bilan shug'ullangan va sahroda karvonlarga (muayyan haq evaziga) sorbonlik qilgan yoki ularni o'z tuyalari bilan ta'minlagan. Badaviylarning qabilalari bir-biri bilan dushmanlik munosabatlarida bo'lgan va qo'shnilariga hujum qilib turgan. Kadimda Arabistonda, ayniqsa uning shimoli-g'arbiy qismida kuchli davlatlar mavjud bo'lgan. Ulardan biri - Nabitay podshohligi edi, lekin u 106 yilda rimliklar tomonidan istilo qilingan va Arabiston viloyatiga aylantirilgan. 524-526 yillarda Janubiy Arabiston efioplar tomonidan bosib olingan. Oradan ellik yil o'tgach, arablar efioplar zulmidan qutulishga muvaffaq bo'lgan, lekin ularning o'rnini Eron shohining noiblari egallagan. Bir paytlar gullab-yashnagan shaharlar xarobazorga aylandi. qadimgi rimliklar «Arabiya Feliks» («Baxtiyor Arabiston») deb atagan mamlakat qashshoqlashdi va inqirozga yuz tutdi. Bor lash-lushini tuyaga ortmoqlagan ko'chmanchilar, badaviylar mamlakat bo'ylab darbadar kezardilar. Yarimorolning g'arbidagi Makka shahrigina hali faol hayot bilan yashar edi. Bu yerda qora muqaddas toshli Kaba (arab. - kub, to'rt burchak) ibodatxonasi joylashgan edi. Uning atrofida Kuraysh qabilasi yashardi. Bir yilda to'rt marta bu yerda sarbozor (yarmarka) tashkil etilar, unga butun yarimoroldan va hatto karvon yo'li orqali Mesopotamiyadan ham savdogarlar kelardi. Kaba ibodatxonasida turli arab qabilalari xudolarining 360 sanami saqlangan, chunki islom dinini qabul qilgunga qadar arablar har xil ilohlarga, shu jumladan Oy va quyoshga ham sig'inganlar; bu yerda ajdodlarga topinish keng tarqalgan edi. Majusiylarning e'tiqodlariga chetdan katta ta'sir ko'rsatilgan. Bu avvalo arablar bilan birga nasroniylar va yahudiylar tinch-totuv yashagan Shimoliy va Janubiy Arabistonga taalluqlidir. Islom dini paydo bo'lgan davrga kelib yakkaxudolik g'oyasi havoda kezib yurardi: yangi, haqiqiy Xudoni topishga harakat qilgan juda ko'p din targ'ibotchilari - payg'ambarlar paydo bo'ldi. Bo'lajak islom sivilizatsiyasining diniy poydevorini qurgan Muhammad (AS, taxminan 570-632) shulardan biri edi. Muhammad Payg'ambar (SAV) iudaizmga ham, xristianlikka ham hurmat bilan munosabatda bo'lgan, ularni Xudo nafasi tekkan kitoblarga ega dinlar deb hisoblagan. Alloh taoloning Muhammad (AS)ga vahiy orqali nozil qilgan kalomi ifodalangan musulmonlarning muqaddas kitobi - Qur'oni Karimda iudaizm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.36 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.36 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga