Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibi - rasmi

Material tavsifi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibi Ekologiya huquqi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb qanday hududlarga aytiladi? Tabiat bog'larining hududida nimalar taqiqlanadi? Davlat qo'riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari hamda tabiat bog'larining moliyalash tartibi qanday? Ekologiya huquqi O'rmon fondi yerlari tushunchasini ayting? O'rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga nimalar kiradi? O'rmondan foydalanishning qanday turlari mavjud? Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik bo'lgan, xo'jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to'liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi (Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi Qonun (03.12.2004y)). Tabiat bog'larining hududida: Daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo'sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); gidrologik va gidrogeologik rejimni o'zgartiradigan harakatlar; tuproq eroziyasini, o'simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar; tabiat bog'larining faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan yo'l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish; chiqindilarni saqlash va ko'mish, oqava suvlarni oqizish (Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi Qonun 03.12.2004y). Davlat qo'riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari hamda tabiat bog'larining moliyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari; tabiatni muhofaza qilish fondlari mablag'lari; ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma'rifiy faoliyatdan keladigan daromadlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga etkazilgan zararning o'rnini qoplashga qaratilgan tushumlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari. O'rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o'rmon bilan qoplanmagan, ammo o'rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o'rmon fondi yerlari hisoblanadi. O'rmon fondi erlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. O'rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin (O'rmon to'g'risidagi qonun. 15.04.199y). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish; davlat o'rmon fondini tasarruf etish; o'rmonlarning qo'riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash; o'rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash; o'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko'paytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; o'rmonlarning davlat hisobini va davlat o'rmon kadastrini yuritish tartibini belgilash vakolatlariga ega (O'rmon to'g'risidagi qonun. 15.04.199y). O'rmondan foydalanish turlari Birinchidan, daraxtzorlar va butazorlarni kesish; Ikkinchidan, o'rmondan qo'shimcha foydalanish (pichan o'rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o'simliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash (yig'ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o'simliklarni tayyorlash (yig'ish); Uchinchidan, davlat o'rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; To'rtinchidan, davlat o'rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; Beshinchidan, davlat o'rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog'lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish (O'rmon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 246.5 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 246.5 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga