Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. Xususiy mulk Reja: Mulk va mulk huquqi tushunchalari. Mulk huquqining mazmuni. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari. Mulk huquqini vujudga keltiruvchi hosila asos. Vasiyat bo'yicha meros olish orqali mulk huquqini hosila asosda vujudga kelishi. Davlat mulkini xususiylashtirish orqali hosila asosda mulk huquqining vujudga kelishi. Mulk huquqining bekor bo'lish usullari. Mulk huquqining asosiy tamoyillari. Xususiy korxonalar mulki. Xo'jalik shirkati va jamiyatlarining mulki Jamoat birlashmalarining mulki Jamoat fondlarining mulki Diniy tashkilotlarning mulki Mahalla mulki. Xususiy mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari. Mulk va mulk huquqi tushunchalari, mulk huquqining mazmuni, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillar va mulk shakllari bilan bog'liq masalalar. Xususiy mulkning mulkiy munosabatlar tizimida tutgan o'rni, shaxsiy mulk va xususiy mulk, ularning birligi va o'ziga xosligi, xususiy mulk huquqi tushunchasi, uning vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, xususiy mulkning subyektlari va obyektlari doirasi kabi masalalar. 1. Mulk va mulk huquqi tushunchalari. Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy manoga ham ega. Iqtisodiy manoda mulk insonlarning erki-irodasidan tashqarida vujudga keladi. Yuridik munosabatlarda mulk qabul qilingan normalar orqali tartibga solinadi va ular mulk huquqi sifatida namoyon bo'ladi. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o'ziga xos tarzda taqdim etilgan boyliklar har doim mulk bo'lib kelgan. Mulk egasi bo'lish yoki bo'lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog'i ijtimoiy-iqtisodiy maqomi vujudga keladi. Mulkiy munosabatlarsiz, iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayoni o'z mazmuniga ega bo'lmaydi. Mulkiy munosabatlar yuridik normalar va davlat kafolatisiz normal tarzda rivojlana olmaydi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan to shu kunga qadar bo'lib o'tgan turli katta-kichik urushlarning asosiy sababi mulk bilan bog'liqdir. Shu sababli mulkchilik munosabatlari azaldan insonlar hayoti bilan bog'liq bo'lib, u hozirgi kunga qadar har bir shaxsni qiziqtirib kelmoqda. Insonlarning mulkka bo'lgan qiziqishlari, u haqdagi turli nazariyalar, tartib qoidalarni ishlab chiqish orqali o'z ifodasini topgan. Shu sababli, turli huquq tizimlari o'z xususiyatlaridan kelib chiqib, mulkiy munosabatlar va uning ishtirokchilarining vakolat doirasini o'ziga xos tarzda tartibga solgan. Mulkiy munosabatlar - jamiyatdagi boyliklarni o'zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik birinchidan, insonning boyligi bo'lmish ashyo, buyum yoki boshqa narsaga nisbatan egalik his-tuyg'usi bilan bog'liq munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, nemat xususida kishilar o'rtasida vujudga kelgan munosabatdir. Demak, bir so'z bilan aytganda, mulk ashyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog'liq munosabatdir. Ayrim mualliflar mulk tushunchasini quyidagilar bilan bog'laydilar: 1) mulk - tabiat boyliklarini hamda ishlab chiqarish faoliyati natijalarini shaxslar tomonidan o'zlashtirishning ijtimoiy-huquqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.41 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.41 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: docx