Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar

Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar

O'quvchilarga / Huquq
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar - rasmi

Material tavsifi

Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 14-mavzu Atrofimizdagi narsalar - biror shaxs egalik qiladigan yoki foydalanadigan predmetlar, buyumlar, obyektlarning hammasi mulk demakdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36-modda) har bir inson mulkka ega bo'lish huquqi qayd qilingan. Mulk huquqi shaxsning o'ziga tegishli mol-mulkka o'z ihtiyoriga ko'ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Mulkdan «foydalanish» undan foydali xossalarni olish (samarani olish, daromad topish) demakdir. Mol-mulkka «egalik qilish» esa: uni sotish, almashtirish yoki sovg'a qilish huquqiga; o'zgartirish, ya'ni xossalarini yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo'q qilish huquqiga ega bo'lishdir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi Qonunga ko'ra mamlakatimizda mulk daxlsizdir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o'sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo'lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo'lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. Mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo'lgan mol-mulkni saqlash va ko'paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkka egalik huquqi daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi. O'zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida bo'ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar bo'lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: Mehnat faoliyati; Mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo'jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko'paytirish, bitimlar asosida qo'lga kiritish; Mol-mulkni yo'q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo'lmagan hollarda yo'l qo'yiladi. Mulkdor tomonidan tarixiy yoki madaniy boylik bo'lgan mol-mulkning yo'q qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo'q qilingan bo'lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin. Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 198-modda. Savol va topshiriqlar: 1. Mulk egasi qanday huquqlarga ega? 2. «Foydalanish» va «egalik qilish» tushunchalarining farqi nimada? 3. O'zbekistonda qanday mulkchilik shakllari mavjud? 4. Xususiy va jamoat mulkiga egalik qilish huquqining subyektlari kim hisoblanadi? 5. Mol-mulkka egalik qilish huquqining vujudga kelishi shartlarini sanab o'ting. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga