Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish Reja: 1. Mulk huquqini himoya qilish usullari 2. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish (vindikatsion da'vo) 3. Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to'sqinliklarni bartaraf etish (negator da'volar) 4. Mulkiy huquqni fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilishning boshqa usullari Mulk huquqi turli huquq sohalari - fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, ma'muriy huquq, soliq huquqi va boshqa huquq sohalari bilan himoya qilinadi. Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim rol o'ynaydi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish deganda, bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yig'indisi tushuniladi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1) Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. Bu usul mulk huquqini mutloq subyektiv huquq sifatida himoyalab hech qanday aniq majburiyatga bog'liq bo'lmagan holatda mulkdorning o'ziga tegishli bo'lgan ashyoga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini tiklash yoki bu huquqlarni amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan holatlarni bartaraf etish tushuniladi. Ashyoviy-huquqiy usullarga mol-mulkni birovning qonunsiz egaligidan talab qilish da'vosi (vindikatson da'vo), egalik qilish huquqining bekor qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan huquqbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish da'vosi (negator da'vo), mulk huquqini tan olish to'g'risidagi da'volar kiradi. Aniqroq qilib aytganda, mulk huquqi aniq subyektiv huquq sifatida faqat, ashyoviy-huquqiy usullar bilan himoya qilinadi. 2) Majburiyat-huquqiy usullar bilan himoya qilish. Bu usullarga misol qilib, mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz orttirilgan mol-mulkni qaytarish, shartnoma bo'yicha olingan ashyoni, agar shartnoma bo'yicha ashyo ma'lum muddatga foydalanishga berilgan bo'lsa qaytarish kabi mulk huquqini himoyalovchi usullarni olish mumkin. Ushbu usullarning barchasi uchun, ular asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega bo'lmay, balki boshqa huquqiy institutlarga tegishli subyektiv huquqlar xosdir. Masalan, mulkdor o'ziga tegishli mulkni ijaraga berib, ijara muddati tugagandan so'ng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa, mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki so'nggi natijaga bog'liq holatda himoya qiladi. Bir qator holatlarda masalan, mulk nobud bo'lganda mulk huquqi o'z-o'zidan bekor bo'ladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi. 3) Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday usullari kiradiki, ular ashyoviy huquq va majburiyat-huquqiy munosabatlarga aloqador bo'lmasdan, fuqarolik huquqining turli institutlaridan kelib chiqadi. Ularga misol qilib, bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini himoya qilish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.83 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.83 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc