Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari. Lizing shartnomasi Reja: Transport vositalari ijarasi shartnomasi tushunchasi Shartnoma bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlari Ijaraga beruvchining huquqlari. Shartnoma yuzasidan taraflarning javobgarligi Bino va inshoot ijarasi tushunchasi va huquqiy belgilari Ijarachi (ijara oluvchi)ning yer uchastkasiga bo'lgan huquqi Korxonani ijaraga berish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari Lizing shartnomasi subyektlarining javobgarligi Transport vositalari ijarasi shartnomasi tushunchasi Transport vositalari ijarasi mulk ijarasi shartnomasining turlaridan biridir. Uning ijara shartnomasi turi sifatida alohida ko'rsatilishi uning predmetidan kelib chiqadi. Transport vositalari ijarasi shartnomasining predmetini har qanday transport vositasi tashkil qiladi, yani yuklar, yo'lovchilar va bagaj tashish bo'yicha makonda harakatlanadigan texnik qurilmalar tashkil etadi. Transport vositasi, murakkab texnik qurilma bo'lib, u ayni vaqtning o'zida atrof uchun oshiqcha xavf manbasi ham hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham, yani shu ikki sifatning mavjudligi bu shartnomani ijara shartnomalarining alohida turi sifatida ajratishga sabab bo'ladi. Fuqarolik kodeksining 564-moddasining 1-2-qismlarida transport vositasini ijaraga berish shartnomasi nazarda tutilgan. Unga ko'ra: Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o'z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatadi (FKning 564-moddasi 1-qismi). Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi (FKning 564-moddasi 2-qismi). Mulk ijarasining boshqa turlari uchun qo'llaniladigan ayrim qoidalar jumladan, ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi. Ushbu holat tarnsport vositalarini ijaraga berish shartnomasining o'ziga xos xususiyatini ifoda etadi. Agar ijaraga oluvchida transport vositalarini qaytadan ijaraga olish istagi paydo bo'lsa, umumiy asoslarga ko'ra shartnoma tuzishi mumkin. Tarnsport vositalari ijarasi shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar xosdir. Birinchidan, shartnoma ikki tomonlama xarakterga ega, yani shartnoma taraflarining har birida ham huquq, ham majburiyat mavjud. Ikkinchidan, shartnoma haq baravariga tuziladi. Shartnomada albatta muqobil ijro yani haq to'lash nazarda tutilishi lozim. Uchinchidan, shartnoma konsentsual xarakterga ega. Shartnoma natijasida ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga mulk huquqining faqat ikki elementi, egalik qilish va foydalanishgina o'tadi. Tasarruf qilish esa mulkdor qo'lida saqlanib qoladi. Yuqorida shartnomaga berilgan ta'rifdan ko'rinib turibdiki, transport vositalari ijarasi shartnomasining ikki turi mavjud: Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish. Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish. Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish haqida so'z yuritganda, avvalo ekipaj deganda nima nazarda tutilishini va uning tarkibiga kimalar kirishini anglab ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.77 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68.77 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: docx