Mulk ijarasi va prokatga oid tadbirkorlik

Mulk ijarasi va prokatga oid tadbirkorlik

O'quvchilarga / Huquq
Mulk ijarasi va prokatga oid tadbirkorlik - rasmi

Material tavsifi

Mulk ijarasi va prokatga oid tadbirkorlik Tadbirkorlik faoliyatining bir turi sifatida mulk ijarasi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida tobora rivojlanib, uning ko'lami yanada kengayib bormoqda. Lekin u bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kelib chiqqan butunlay yangi huquqiy munosabat emas. Mulk ijarasi ilgari ham bo'lgan va tegishli qonun-qoidalar bilan tartibga solib turilgan edi. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tib borishi jarayoni mulk ijarasi bilan bog'liq munosabatlarning yanada rivojlanishiga sabab bo'dsi. Hozirgi kunda «Ijara», »Ijarachm», «Ijaraga beruvchi» degan so'zlar va tushunchalar kundalik turmushimizda keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari orasida ijara munosabatlari sezilarli o'rin egallayapti. U yangicha mulkiy munosabatlarning vujudga keshshiga tub iqtisodiy islohotlar o'tkazishga, xo'jalikni har tomonlama samarali yurgizshpga yordam bermoqda. Darhaqiqat, ijara mehnat unumdorligini keskin oshirishga, ish haqini ko'paytirishga sabab bo'lmoqda. Eng muhimi shundakk, ijara munosabatlarida inson o'z mehnati natijasining haqiqiy egasiga aylanadi, ishlab chiqarishnng asosiy kuch sifatida faoliyati yanada ortadi. Shaxs erkik mehnat qiladi, kuch-qudrati ortib boradi, tadbirkor bo'ladi, o'z qadr-qimmatini chuqur anglaydi. Ijara mulqsorning ishlab chiqarish vositalari va boshqa buyumlarini muayyan to'lozlar evaziga vaqgincha ishlatish yoki foylalanish uchun boshqa shaxsga o'zaro kelishuviga muvofiq topshirishga aytiladi. Ijara munosabatlarida ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mulkning egasi bo'lib qolaveradi. Ijarachi esa vaqtincha, shartnomada ko'rsatilgan mudsat davomida mulqdor huquqini oladi va buning uchun ijara haqi to'laydi. Shu bilan birga ijarachi o'z faoliyati davomida ijara mulkidan foydalanib olingan mahsulot va daromadlarning mustaqil egasi hisoblanadi. Ijara shartnomasiga asosan bir taraf ijaraga beruvchi, ma'lum bir mulkni ikkinchi tarafga - ijaraga oluvchiga haq baravariga vaqgincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijarachi shartnoma muddati tugashi bilan ijara mulkini qaytarishga majbur bo'ladi. Mulk ijarasi shartnomasi ijara yoki prokat deb ham ataladi. Ijaraning ana shunday atalishi shartnoma narsasining bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish mumkinlkgi yoki mumkin bo'lmasligiga qarab belgilanadi. Agar mulk bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilmasa, masalan, turar joy bo'lmagan binolar, savdo binolari, saroy va boshqalar ijaraga olinganida odatda «arenda» shartnomasi deb ataladi. Ijara narsasi bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilishi mumkin bo'lgan fuqarolarning maishiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan anjomlar (ya'ni sport buyumlari, uy-ro'zg'or ashyolari va shunga o'xshash boshqa mulklar) ijaraga berilganda «prokat» deb ataladi. Bunday atalishlar huquqiy jihatdan bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Ammo mulkdan vak^incha haq baravariga foydalanishda bo'ladigan munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda ular o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi. Bu xususiyatlar yuqorida aytilganidek maishiy prokat shartnomasining tuzilishida yaqqol ko'rinadi. Chunki prokat shartnomasi orqali fuqarolarning turli maishiy ehtiyojlari ta'minlanadi. Shu sababli fuqarolarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish shakllaridan biri bo'lgan aholiga maishiy xizmat ko'rsatishga katta ahamiyat berilmoqaa. Keyingi paytlarda ijara shartnomasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.81 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.81 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga