Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish

Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish

O'quvchilarga / Huquq
Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish - rasmi

Material tavsifi

Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish Reja: 1.Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari. 2. Ishga tiklash,qarzdorni ko'chirish, imoratni buzib tashlash,yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazish. 3.Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish to'g'risida talabalarda tasavvurni hosil qilish va ko'nikmalarni shakllantirish 2.Ma'ruzaning asosiy masalalari: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 71 - moddasi 1 qismiga muvofiq sud ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga besh kunlik muddat belgilaydi. Bunda ikki holatni nazarda tutish kerak: birinchidan, sud ijrochisi mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarishda ijro hujjatining o'zida uni ijro etish muddatlari ko'rsatilmagan hollardagina uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun besh kunlik muddat belgilaydi; ikkinchidan, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda qarzdorga ijro hujjati talablari ixtiyoriy ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro etilmagan taqdirda qarzdordan ijro yig'imi (jismoniy shaxslardan - eng kam ish haqining besh barobari, yuridik shaxslardan esa - eng kam ish haqining o'n barobari miqdorida) undirilishi tushuntirilishi kerak. Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi. Zararni qoplash: - majburiy progul vaqti uchun haq to'lash shartligidan (Mehnat kodeksining 275-moddasi); - mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga o'tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahatolish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya to'lashdan; - ma'naviy zarar uchun kompensatsiya to'lashdan iboratdir. Ma'naviy zarar uchun to'lanadigan kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo'lishi mumkin emas. Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish bir qator xususiyatlarga ega. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunda belgilangan umumiy qoidalarga ko'ra sud ijrochisi qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi va qarorda ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ish yuritish qo'zg'atilgan kundan boshlab ko'pi bilan 5 kun muddat belgilaydi hamda qarzdorni ijro hujjati talablarini ixtiyoriy bajarmaganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi. Ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjati talablari qarzdor tomonidan sud ijrochisi belgilangan muddatda, ya'ni 5 kun ichida uzrsiz sabablar bilan bajarilmagan taqdirda sud ijrochisi qarzdorga Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 82 - moddasiga muvofiq, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.77 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.77 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga