Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari Reja: 1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi, zarurati va mohiyati. 2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari. 3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlari. 4. Davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish subyektlari va obyektlari. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi, zarurati va mohiyati. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish yalpi ishlab chiqarish vositalariga, ya'ni mulkka davlat monopoliyasi o'rnatilgan Respublikada mulk islohoti o'tkazilishi bilan uzviy bog'liq edi. Mulkchilik sohasida islohotlar o'tkazish shunchalik pishib yetildiki, oqibatda O'zbekiston sobiq SSRning subyekti mahalidayoq (o'tgan asrimizning 80-yillari oxirlari) Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo'jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to'g'risida qaror[1] qabul qilib, unga ko'ra fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo'jalik yuritish, uy-joy qurish uchun 0,25 gektargacha yer uchastkasi ajratish belgilandi. 1990 yilning 31 oktabrida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi sohasida muhim voqea yuz berdi: O'zbekiston Respublikasining Mulkchilik to'g'risidagi Qonuni qabul qilindi. Bu Respublikamiz tarixida mulk to'g'risidagi birinchi yaxlit va mukammal qabul qilingan Qonun[2] bo'ldi. Ushbu satrlarni aynan mazkur Qonun sharhlovchilarining so'zboshisidan olganimiz ham bejiz emas. Chunki mulk islohotlarini amalga oshirishda ushbu Qonun katta rol o'ynadi va uning negizida bozor munosabatlariga mulkka oid normalar qonun hujjatlarida rivojlantirildi. Tan olish kerakki, Qonun o'z davrida ham, bugungi kunda ham progressiv ahamiyatga ega bo'ldi. Har bir shaxsning mulkdor bo'lishga haqli ekanligini ta'minladi. Ushbu Qonun oz bo'lsa-da, fuqarolarga mulk nima ekanligini, mulkdor kimligini tanitdi. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda amalda boshlangan islohotlarning o'ziga xos huquqiy asosi bo'ldi. Bu orada davlat mustaqilligiga erishildi va u islohotlarga juda katta turtki berdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O'zbekiston kuchli huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishni, bozor munosabatlari orqali mustahkam moddiy zaminni shakllantirishni va haqiqiy mulkdorlar sinfini vujudga keltirshni maqsad qildi. Shubhasiz, bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sharti ko'p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashish muhitini shakllantirshning huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat[3] edi. Shu sababli, iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining g'oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizimini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat bo'ldi. Shu ma'noda 1991 yil 19 noyabrda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida Qonun qabul qilindi.[4] Qonunning muqaddimasida belgilanganidek, u samarali, ijtimoiy yo'nalishga ega bo'lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi davlat mulkini o'zgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi[5]. Darhaqiqat, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bozor munosabatlarining eng zaruriy shartidir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yangi mulkdorlarda mulk huquqi vujudga kelishining sivilistikada qaror topgan hosila usuliga tegishli bo'lib, unga ko'ra ushbu mulkning egasi (mulkdori)-davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.57 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.57 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc