Muloqot jarayoniga psixologik tavsif va mahkumlarni axloqan yo'lga solishda psixologik aloqa o'rnatish

Muloqot jarayoniga psixologik tavsif va mahkumlarni axloqan yo'lga solishda psixologik aloqa o'rnatish

O'quvchilarga / Huquq
Muloqot jarayoniga psixologik tavsif va mahkumlarni axloqan yo'lga solishda psixologik aloqa o'rnatish - rasmi

Material tavsifi

Muloqot jarayoniga psixologik tavsif va mahkumlarni axloqan yo'lga solishda psixologik aloqa o'rnatish Reja: Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari faoliyatida kasbiy muloqotning psixologik jihatlari Muloqotning kommunikativ tomoni Muloqotning interaktiv tomoni Muloqot jarayoniga psixologik tavsif va mahkumlarni axloqan yo'lga solishda psixologik aloqa o'rnatish usullari Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini o'z ichiga olgan murakkab jarayondir. Muloqot kategoriyasi psixologiya fanidagi markaziy kategoriyalardan biri hisoblanadi. So'nggi 20-25 yil ichida muloqot muammolari psixologiyadagi, ayniqsa, ijtimoiy psixologiyaning eng yirik tadqiqot predmetiga aylanib qoldi. Muloqot o'ta murakkab jarayon bo'lganligi sababli unga yagona to'g'ri ta'rifni berish juda mushkul. Shuning uchun, odatda, muloqot tushunchasi uning ayrim tomonlariga urg'u berish orqali ta'riflanadi. Psixologiyaga oid lug'atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta'rif berilgan: Muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; Muloqot - belgilar tizimi orqali subyektlarning o'zaro ta'sirlashuvi. Albatta, har bir ta'rif universallik maqomiga davo qilmaydi. Chunki unda, odatda, muloqotning ayrim tomonlari etibordan chetda qoladi, ikkinchi darajaga surib qo'yiladi. Shunday bo'lsa-da, shartli ravishda muloqotga nisbatan umumiy bo'lgan quyidagi ta'rifni berish mumkin: muloqot - kamida ikki kishining o'zaro ta'sir jarayoni bo'lib, bu ta'sir davomida axborot almashinadi, munosabat o'rnatiladi va rivojlantiriladi, tugatiladi yoki korreksiyalanadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya - tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot faqat insonlar o'rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro'yobga chiqariladi. Muloqotsiz insoniyat jamiyati bo'lishi mumkin emas. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi. Hamkorlikdagi faoliyat rejasini tuzish, uni ro'yobga chiqarish uchun individlar o'rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangiyangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat o'zaro chambarchas bog'liqdir. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o'zida quyidagilar kiradi: individlarning o'zaro ta'sir jarayoni; individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo'lib, odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Shaxslar o'zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirboshlashadi. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog'liq bo'ladi, chunki shaxslardagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.65 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga