Murda bo'lagi topilgan holatlarda tergovning o'ziga xosliligi Reja: 1. Murda bo'lagi va uning topilgan joyini ko'zdan kechirish 2. Sud tibbiyot ekspertizasi hal qiladigan masalalar 3. Tergovning keyingi bosqichida o'tkaziladigan harakatlar Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti nuqtai naza-ridan ular shartli ravishda uch guruhga bo'linib, tergov qilish takti-kasiga tavsiya qilinadi. 1. Zo'rlik alomatlari mavjud bo'lgan murda topilgan holda o'tkaziladigan tergov va tezkor harakatlari; 2. Qotillik jinoyatini sodir qilib, so'ng qotil jabrlanuvchi tana jasadini bo'laklab har joylarga tashlab yuboradi yoki yashiradi; 3. Bedarak yo'qolgan shaxsning jinoyat qurboni degan versiya asosida jinoiy ish qo'zg'atilib tergov olib borish. Jinoyatning sodir qilinish motivlari hodisa joyidagi oqi-bat, izlar, qurollar va boshqa vaziyatlar jinoyatning kriminalistik tavsifini tashkil qiladi. Kriminalistik tavsifining ayrim ele-mentlari bir-birlari bilan bog'liq bo'ladi va biri ikkinchisidan kelib chiqadi va biri ikkinchisini to'ldiradi. Jinoyatning subyekti, jinoyat sodir qilingan joyi, murda yoki uning bo'lagi topilgan joy-lar kriminalistik tavsif elementlari bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (jinoyat oqibati izlari) boshqa elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkinchisi unga bog'liq bo'lgan holat - vaziyatning xususiyatini kel-tirib chiqaradi. Jinoyat sodir etilgan, jabrlanuvchining murdasi topilgan joylardan jinoyatning sodir etilish usuli, motivlari, qo'llanilgan qurollar, jinoyatni sodir etgan shaxs haqidagi dastlabki ma'lumot-larni olish mumkin bo'ladi. Jabrlanuvchining shaxsi ma'lum bo'lgan hollarda, jinoyatchi haqida, marhum bilan ular orasidagi munosabat, jinoyat hodisasining mexanizmi haqida xabar olish mumkin bo'ladi va tegishli versiya-tusmollar tuzish imkoni bo'ladi. Jinoyat hodisa-si bilan jabrlanuvchining tanasi topilgan joylar bir bo'lganda, qotillikning asosiy holatlari haqida ma'lumot olish va dastlabki tergov-tezkor harakatlarni o'tkazish bilan jinoyatda shubhalangan shaxsni topishga, qo'lga olish imkon bo'ladi. Qotillik jinoyati ochiq joylarda, yo'l-ko'cha yuzasida, tashlandiq, odamlar kam yuradigan joy-larda sodir etilganda jabrlanuvchi murdasi bir muncha o'zgarishlar, (murda alomatlari, atrof-muhit, ob-havo ta'siri) yuz berishi nati-jasida uning shaxsini aniqlash murakkab bo'ladi. Bunday hollarda tezkor xodimlarning ma'lumotlar, qidirilayotgan bedarak iz qol-dirgan shaxslar haqidagi informatsion xizmat xodimlarining axbo-rotlari katta yordam beradi. Shahar sharoitlarida sodir qilinadigan qotilliklar haqidagi ma'lumotlar ko'pincha informatsion xizmat xodimlarining axborot-lari orqali olinib, ular asosida tezkor qidiruv choralari o'tkazi-ladi. Odamlar gavjum bo'lib yashayotgan joylar sharoitlarida sodir qilinadigan qotilliklar ko'p hollarda jinoyat izlarini yo'qotishga, murdani bo'laklab yashirishga qaratilgan bo'ladi. Murda bo'laklarini ahlat-chiqindilar tashlanadigan joylarga tashlaydilar, jamoa gav-jum joylardagi maxsus yuk saqlanadigan binolarda biror material-ga o'ralgan holda yoki sumka-chemodanlarga joylashtirilib qoldira-dilar. Jinoyat sodir bo'lgan va murda bo'lagi topilgan joylar har xil hududlarda bo'lgan taqdirda bu joylarni bir-birlari bilan bog'liq va moslik holatlari aniqlanmog'i lozim. Qotillik jinoyatlarining tavsifiy qismlaridan yana biri uning sodir qilinish usulidir. Sodir qilinish usuli o'z ichiga ish-latilgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.9 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.9 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: doc