Murojaat etish institutining konstitutsiyaviy qonunchilik asoslari

Murojaat etish institutining konstitutsiyaviy qonunchilik asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Murojaat etish institutining konstitutsiyaviy qonunchilik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Murojaat etish institutining konstitutsiyaviy qonunchilik asoslari Reja: Tadbirkorlik subyektlari murojaatlarining ma'muriy-huquqiy kafolatlari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Murojaat etish institutining konstitutsiyaviy-qonunchilik asoslari O'zbekiston xalqi va davlati o'z oldiga demokratik jamiyat va huquqiy davlat barpo etishni bosh maqsad qilib qo'ygan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli siyosiy-huquqiy va ijtimoiy islohotlar natijasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda. Demokratiyaning yana bir muhim yutug'i fuqarolarning davlat organlari va muassasalariga murojaat etish institutining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi bo'ldi. Bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 35-moddasida quyidagicha o'z aksini topdi: «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega». Ushbu huquqni amalga oshirish mexanizmini yaratish maqsadida 1994 yil 6 mayda «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. 2002 yil 13 dekabrda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilindi1. 2010-2011 yillarda sud-huquq islohotlarining bir muncha jadallashuvi va sud amaliyotini umumlashtirish natijasida, shuningdek, tadbirkorlar huquqlarini muhofazalashni kuchaytirishning bir qator choralari ko'rilganligi sababli yuridik shaxslarning murojaati institutini huquqiy rasmiylashtirish lozimligi kun tartibiga chiqdi. Bu yerda xususiy tadbirkor ham yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilishi mumkinligidan kelib chiqildi. Adliya vazirligi tegishli qonunchilik taklifini asoslantirib hukumatga taqdim etdi. Shu asosda Vazirlar Mahkamasi Parlamentga ushbu masala bo'yicha qonunchilik taklifi bilan kirdi va 2014 yil oktyabrnoyabr oylarida Parlament «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi yangi qonunni qabul qildi. Davlatimiz rahbari qonunni 2014 yil 3 dekabrda imzoladi2. Mazkur Qonun davlat organlari va muassasalariga jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 31 martda «Davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risida»gi 73-sonli qaror bilan Namunaviy nizomni tasdiqladi. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi, u murojaat etuvchi subyektning manfaatini aks ettirsa-da, o'zga shaxsning manfaatiga zid bo'lmasligi kerak. Qonunda belgilanishicha, jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim bironbir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas. Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak. Xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega. Qonun murojaat etish subyektlariga bir qator talablarni qo'yadi. Jumladan: jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning fami-liyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi; yuridik shaxsning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga