Mustaqil O'zbekiston davlati va huquqi Reja: O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari tizimi Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Vazirlar Mahkamasi. O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari tizimi XX asr oxirlariga kelib jahon xaritasida yana bir mustaqil, suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. O'zbekiston tinch yo'l bilan o'zining mustaqil davlatchiligiga ega bo'ldi. Mustaqillik o'zbek xalqiga o'z tarixini va milliy-ma'naviy hamda huquqiy qadriyatlarini qayta tiklash imkonini berdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Mustaqillik biz uchun muqaddas ma'naviy qadriyatlar va milliy an'analarga tayangan holda va tarzda yashash, ana shu bebaho merosni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yanada boyitgan holda yetkazish demakdir». Mustaqillik bois ijtimoiy-siyosiy jabhada tub burilish sodir bo'ldi. O'zbekiston xalqi o'z davlatini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Mustaqillikning qadri, xalqimiz uchun ahamiyati va uni asrash mas'uliyati xususida gapirib, yurtboshimiz «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asarida quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Mustaqillik bizga nima berishini bilardik. O'z taqdirimiz, farzandlarimiz kelajagini o'zimiz hal etish imkoniyatiga ega bo'ldik. O'z yerimiz, boyliklarimizga sohiblik qila boshladik… Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik… Dunyo xaritasida endi katta harflar bilan «O'zbekiston» deb yozib qo'yiladigan bo'ldi». Mustaqillik sharofati bilan ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi. Tariximizni tikladik. Ona tilimizni angladik… Udumlarimiz, qadriyatlarimizga qaytdik. Bir so'z bilan aytganda, o'zligimizni angladik… Siyosiy yo'lda burilish bo'ldi. Mustaqillikni e'lon qilib, uni qonun bilan rasmiylashtirdik. O'zbekiston Respublikasi uchun mustaqillik yillari qad rostlash, o'zlikni anglash, istiqbol rejalarini belgilash hamda ulug'vor maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan islohotlar davri bo'ldi. Boshqa mamlakatlar va davlatlar singari O'zbekiston ham o'zining bir necha ming yillik qadimiy hamda mustaqillik bilan bog'liq zamonaviy tarixiga ega. Har bir davlatning o'z tarixi bo'lgani singari O'zbekistonning ham o'z tarixi, qaror topish ibtidosi hamda shakllanish bosqichlari bor. Respublikamizning mustaqillik davridan boshlanuvchi tarixini o'rganishga oid ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi holda uni 1989-yildan boshlab o'rganish kerakligi ta'kidlansa, ikkinchi yondashuvda - 1991-yil sentabrdan boshlab o'rganish lozimligi to'g'risidagi fikr ilgari suriladi. Har ikki yondashuv ham o'sha davrdagi istiqlolga intilish va erishish bilan bog'liq islohotlar, qabul qilingan siyosiy va konstitutsiyaviy qarorlar mohiyatiga tayanadi. Ayni vaqtda, har ikki holda ham O'zbekiston davlati va huquqi bir-biriga uzviy bog'liq tarzda bir tarixiy sharoitda hamda davrda shakllanishi e'tirof etiladi. Mustaqil taraqqiyot yillarida - tarixan qisqa bir davrda - O'zbekiston yangi demokratik davlatchilikni barpo etish va insonparvar huquqiy tizimni qaror toptirish borasida ulkan marralarni qo'lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimiz qiyofasi butunlay o'zgarib, jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi yuksalib bormoqda… Erishilgan bunday marralar - barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari amalda oliy qadriyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.24 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.24 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: doc