Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari

Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari

O'quvchilarga / Huquq
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari Reja: 1. Davlat suvereniteti va uning mohiyati. 2. Xalq hokimyatchiligi. 3. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi. 4. Tashqi siyosat. 1. Suverenitet atamasi ilk bor Fransiya (16 asr) da ishlatilgan. Suverenitet haqidagi g'oyani ilk bor Jan Boden ishlatgan. Suverenitet so'zining ma'nosi ,,oliy hokimyat demakdir. Suverenitet davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo'lib, uning to'la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi. Suveren davlat o'z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq tamoyillari va normalarni buzmagan holda, o'zi xohlaganicha hal qiladi. Suverenitet davlatga xos tushuncha bo'lib, u bilan birga vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo'lgan suverenitet tarixiy hodisadir. Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti prinsipi xalqaro ham-korlikning eng muhim masalasidir. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o'zaro munosabatlarning teng huquqlilik, bir - birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, boshqa davlatlarga hujum qilmaslik va ularning hududiy butunligiga dahl qilmaslik, shuningdek suvereniteti va milliy mustaqilligini to'la hurmat qilish prinsiplariga asos-langan bo'lishi uchun kurashmoqdalar. Mustaqil O'zbekiston davlati barpo bo'lgan dastlabki kunlardanoq katta va kichik xalqlarning suveren huquqlarga qat'iy va og'ishmay rioya qilish uchun harakat qilmoqda, har bir davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillarini himoya qilmoqda. Suveren davlatda hali o'z mamlakatining davlat mustaqilligi va hududiy dahlsizligi huquqi, o'z mamlakatining iqtisodiy va ma- daniy jihatdan ravnaq topishini ta'minlash maqsadida qanday ijtimoiy tuzum va boshqarishni qanday tanlash maqsadga muvofiq va zarur deb topsa, o'shanday tuzumni o'rnatish va o'shanday shaklni tanlash huquqiga ega bo'ladi. 1991 yil 31 avgustda xalqning azaliy orzusi, ya'ni o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ro'yobga chiqishi natijasida O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi. O'zbekistonda davlatni boshqarish shakli Respublikadir. Respublika - xalq hokimyati demakdir. Boshqaruvning Respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berish, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning saylab qo'yilishini anglatadi. Davlatimizning nomi ,,O'zbekiston va ,,O'zbekiston Respublikasi bo'lib mazkur atamalar aynan bir ma'noni anglatadi va muqobil tushunchalar sifatida qabul qilingan. O'zbekiston davlatining nomi va uning ramzlari (gerb, madhiya, bayroq) xalqaro shartnomalarda davlat idoralarining muhrlarida, xizmat hujjatlari va guvohnomalarda ifodalanadi. 2. ,,Xalq hokimyatchiligi atamasi yunoncha ,,demokratiya so'zining o'zbek tiliga tarjimasi bo'lib, bu ibora ilk bora yunon shahar - davlatida paydo bo'lgan. Keyinchalik butun dunyoga tarqalgan hamda siyosiy lug'atdan mustahkam o'rin olgan. Demokratiya so'zi ,,demos xalq va ,,kratos hokimyat so'zlarining birikmasidan tuzilib, ,,xalq hokimyatchiligi demakdir. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining ,,Xalq hokimyatchiligi deb nomlangan ikkinchi bobi davlatimizning demokratik tabiatini ifodalaydi va O'zbekistonni suveren demokratik Respublika ekanligini tasdiqlaydi. ,,Xalq hokimyatchiligi prinsipi har qanday demokratik davlat konstitutsiyaviy tuzumining asosiy shartlaridan biridir. Darhaqiqat, O'zbekiston Respulikasi demokratik davlat hisoblanib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.49 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.49 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga