Mustaqil O'zbekistonda XX asr oxiri va XXI asr boshida siyosiy va huquqiy ta'limotlar

Mustaqil O'zbekistonda XX asr oxiri va XXI asr boshida siyosiy va huquqiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Huquq
Mustaqil O'zbekistonda XX asr oxiri va XXI asr boshida siyosiy va huquqiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil O'zbekistonda XX asr oxiri va XXI asr boshida siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Mustaqil O'zbekistonda huquqiy davlat g'oyalarining shakllanishi va ularni joriy qilinish 2. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat 1991 yil 31 avgust kuni tariximizning tub burilish nuqtasi bo'ldi. O'zbekiston mustabid tuzumdan voz kechib ochiq demokratik va huquqiy davlat, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo'liga o'tdi. Xalqimizning asriy orzu umidlari va intilishlariga javob beradigan hayotga qadam qo'ydik. Huquqiy davlatchilik shakllari, unga o'tish yo'llari har xil bo'lishi mumkin. Bu xar bir mamlakatning ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari, milliy ma'naviy an'analari, davlatchilik tajribasi, siyosiy va huquqiy madaniyat darajasi, geopolitik vaziyati va boshqalar bilan belgilanadi. O'zbekiston mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqadi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to'g'ri baholadi va birinchilar qatorida o'z mustaqilligini elon qildi. Mustaqilligimizning birinchi huquqiy asosi O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'rrisidagi qonunda (1991 yil 31 avgust) o'z ifodasini topdi. Bu qonunla O'zbkiston Respublikasi Millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qatiy nazar, Respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, shani va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilishini tantanali ravishda elon qiladi. Mustaqil o'zbek davlati, - deb yozgan edi Prezident I.Karimov, - xalqimizning tarixiy yutug'idir. Xalqi yuz yillar mobaynida orzu qilgan O'zbekiston chinakam mustaqillikni k.o'lga kiritib, gullab-yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiyot etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib o'rnini egallashi - biz ko'zlagan oliy maqsaddir. Huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari O'zbekistonning 1992 yilgi Konstitutsiyasida, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston kelajagi buyuk davlat, Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati, O'zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari, O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz, O'zbekiston XXI asrga intilmoqda, va boshqa asarlarida atroflicha belgilab berilgan. Bu asarlarda jamiyat a'zolarining kafolatini boyitib borish, huquqiy normalarning bajarilishini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tashqi munosabatlarni tartibga solib turuvchi takomillashgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mavjud bo'lishi va ularni tegishli davlat organlari nazorati ostida bajarilishi, huquqiy madaniyat, qonunga xurmat va unga amal qilish kabi muammolari nazariy asoslangandir. O'zbekiston Respublikasi Prezindenti I.Karimov Respublikada huquqiy davlatning shakllantirish shiorlar va chaqiriqlar bilan amalga oshirib bo'lmasligini, bu ish ijtimoiy hayotning yangi shakllari, institutlari va munosabatlarining yaratish bilan bog'liq murakkab ish ekanligini uzliksiz uqtirib kelmoqda. Bu ishlar orasida jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish, jamoat fikrini demokratiyalashtirish, yangi huquqiy va siyosiy qadriyalatlarni o'zlashtirish va hayotga joriy qilish muhim o'rin egallaydi. Huquqiy davlatchilikning shakllantirish uchun birinchi galda keng qo'lamli siyosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.64 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.64 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga