Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishining o'zbek modeli Reja: 1. Mustaqillik -milliy taraqqiyot va demokratik jamiyatga o'tish uchun cheksiz imkoniyatlar makoni. 2. O'zbek modelining demokratik tamoyillar va qadriyatlarga tayanishi. Uning milliy va umumbashariy tamoyillari. 3. O'zbekiston modelining jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalariga namoyon bo'lishi. Ma'lumki, XX asrning so'nggi o'n yilligi jahon tarixiga tub o'zgarishlar davri, o'lkan va unutilmas voqealarga boy davr sifatida kirdi. Qizil imperiya va kommunistik mafkuraasrimizning unchalik ham yorug' emasligini, uzoqqa bormasligini payqay boshladi. Endi u cho'g' ustida o'tirgan odamdek o'zini har tarafga tashlashga, bu tahlikali va oxir oqibati noma'lum istiqbol qarshisida qandaydir yo'l topish talvasasiga tushib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, sovet tuzumi o'z haqqini, insoniy sha'ni va yashash huquqini talab qila boshlagan odamlarning qudratli to'lqiniga duch kelgan, bu to'lqin uni g'arq qilib yuborishi hech gap emas edi. Shu bois u cho'kayotgan kimsa kabi xasga ham, xashakka ham yopisha boshlagan bir holatda edi. Ijtimoiy hayotda jiddiy o'zgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan anglab yetdi. KPSS Markaziy Komitetining Aprel (1986 yil) plenumi sovet jamiyatini qayta qurish, bu jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo'lini e'lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot yasash e'lon qilindi. Biroq SSR rahbariyati shunchaki xayol bilan, sinovlar va xatolar usul-amali bilan bir taraflama ish olib bordi va ko'proq zohiriy natija olishni ko'zladi, bu esa qayta qurish taqdirini zarba ostiga solib qo'ydi. Ikkinchidan, qandaydir siyosiy nufuzga erishish, mashhurlik da'vo qilish, nom chiqarishga intilish butun mamlakat bo'ylab xavf-xatar keltiruvchi surunkali kasallikka aylandi. Natijada ittifoqning turli burchaklarida turli ko'rinishdagi shiorbozliklar, sharmandali tarzda bir-birini rad etuvchi, bir-birini inkor qiluvchi, to'g'ri kelib qolsa, mavh etuvchi har xil harakatlar yuzaga keldi. Bularning hammasi butun mamlakatda siyosiy-ma'naviy muhitni loyqalatib yubordi. Aslida buning o'ziga xos sabablari bor edi. Jumladan, uzoq yillar mobaynida inson huquqlarining cheklanganligi, so'z va fikr erkinligining yo'qligi, iqtisodiy taraqqiyotning jar yoqasiga borib qolganligi, mudhish qatag'onlarning tashkil etilishi, aholigi doimiy ravishda qo'rquv va xadik bilan yashashga majbur qilish ana shu sabablardan edi. 1991 yilning 19-21 avgust kunlari Moskada davlat to'ntarishi qilishga urinib kurildi.Favqulodda holat Davlat qo'mitasi tuzilib, SSR prezidenti M.S. Gorbachev vakolatlari vitse prezident G. Yanaevga o'tkazilganligini e'lon qildilar. Ularning maqsadlari ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo'lga kiritishga, o'z taqdirlarini o'zlari hal qilishlariga yo'l qo'ymaslik edi. Shuni ham aytish kerakki, davlat to'ntarishini uyushtirgan bir guruh shaxslar mamlakatda yuz bergan bosh boshdoqlik va parokandalik yuqori cho'qqiga chiqqan paytdan foydalanib qolmoqchi bo'ldilar. Ammo, xalqni endi eski tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
616.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
616.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: doc