Mustaqillikga qadar O'zbekitonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi

Mustaqillikga qadar O'zbekitonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi

O'quvchilarga / Huquq
Mustaqillikga qadar O'zbekitonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillikga qadar O'zbekitonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi Reja: Turkiston Avtonom Respublikasining nikoh to'g'risidagi qonunlari Buxoro Xalq Respublikasida nikohning huquqiy munosabatlarini tartibga solish Xorazm Xalq Respublikasida nikohning huquqiy munosabatlarini tartibga solish O'zbekistonda nikoh to'g'risidagi qonunlarning rivojlanishi Turkiston Avtonom Respublikasining nikoh to'g'risidagi qonunlari Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida nikoh va oila shakllari jamiyatning moddiy sharoitiga qarab belgilanib kelgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etgani sari oila shakllari yanada rivojlanadi, o'z mazmunini o'zgartirib boradi. Turkiston ASSRda nikoh va oilaga oida muhim huquqiy masalalar 1918 yil 16 dekabrda qabul qilingan Fuqarolik holati dalolatnomlari, nikoh, oila va vasiylik huquqi haqida RSFSR qonunlar kodeksi da xal etilgan edi. 1917 yilda qabul qilingan dekretlarga nisbatan bu kodeks bir qator yangi huquqiy qoidalarni belgilab, nikoh va oila qonunchiligini ma'lum tizimga soldi. Kodeks 246 moddadan iborat bo'lib, fuqarolik holati dalolatnomalari, nikoh huquqi, oila huquqi, vasiylik huquqidan iborat to'rt bo'lim, 17 bobni tashkil etdi. Kodeks fuqarolik holati dalolatnomalari bilan boshlansa ham, ammo unda asosiy e'tibor nikoh va oila masalasiga qaratilgan bo'lib, bu masalalarga 130 modda ajratilgan edi. Kodeksda 1917 yil 18 dekabrdagi dekretning faqat davlat organlarida fuqarolik holatlari ro'yxatidan o'tgan nikoh yuridik kuchga ega ekanligini tan olish to'g'risidagi qoidasi saqlab qolinib, nikohga o'tish shartlari masalasi yangidan ishlab chiqildi. Ular quyidagilardan iborat: nikoh yoshiga to'lish (qizlar uchun 16 yosh, yigitlar uchun 18 yosh), nikohga kiruvchilarning ruhiy sog'lom bo'lishi, yakka nikohlilik, nikohga o'tuvchilar o'rtasida yuqoriga yoki pastga qaragan to'g'ri chiziq bo'yicha qarindoshlik bo'lmasligi, nikoh tuzish uchun o'zaro rozilik. Nikoh haqiqatda o'zaro rozilik asosida tuzilayotganligi haqida nikohga o'tuvchilardan tilxat olingan. Nikohni haqiqiy emas deb tanish, yer-xotinning huquqi va majburiyatlarining kelib chiqishi asoslari, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi shaxsiy hamda nafaqa borasidagi huquqi va majburiyatlari, qarindoshlik holatida bo'lgan shaxslarning huquqi va majburiyatlari hamda boshqa masalalar tartibga solingan. Kodeks oilada yer va xotinning tengligiga asoslanib, ona va bola huquqini muhofaza etishga qaratilgandir. yer-xotin o'rtasidagi mulkiy munosabatlarni belgilashda yer-xotinning mulki alohida bo'lingan mulk degan qoida asos qilib olingan. Turkiston o'lkasida 1918 yilgi kodeksni tatbiq etishda, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish bo'limlarini tashkil etishda, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishda Turkiston Ichki ishlar xalq komissarligining roli katta bo'ldi. 1919 yil 15 noyabrda Ichki ishlar xalq komissarligi Turkiston Respublikasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo'limlarini tashkil etish va ularning faoliyati to'g'risida maxsus qo'llanma qabul qildi. Unda bu organlarni tashkil etish qoidalari va ularning faoliyati batafsil belgilandi. 1922 yil 25 iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti Turkiston Respublikasining musulmon xalq sudlari to'g'risida Nizom qabul qildi. Nizom ga binoan fuqarolik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.17 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.17 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga