Musulmon dunyosi va O'zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashi

Musulmon dunyosi va O'zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashi

O'quvchilarga / Huquq
Musulmon dunyosi va O'zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashi Reja: O'zbekistoning xalqaro maydonda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati. O'zbekistoning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro shartnomalarda ishtiroki O'zbekistonning Terrorizmga qarshi kurash bo'yicha mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida ishtiroki. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy siyosiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy islohatlar jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy omili. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish jarayonida din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat va fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllanish muammolari hamda vazifalari. xalqaro maydondagi qatiy siyosat Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham bevosita dahldor masaladir. Chunki diniy ekstremizm va xalqaro terroristik tashkilotlar jangarilik usullari bilan hokimiyatga qarshi kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga intiladi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojorolar davomida, 199 yili 16 fevraldagi Toshkent shahrida, 199-2001 yillar Qirg'izistonning Botken, O'zbekistonning Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarda hamda 2004 yilning iyul oyida Toshkent shahridagi AQSH, Isroil mamlakatlari elchixonalari va Respublika Bosh prokuraturasi binolari oldida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari timsolida nomoyon bo'ldi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanligidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati birgalikda unga qarshi kurash lozimligi to'g'risidagi g'oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan elon qildi. To'g'risini aytganda, O'zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining mohiyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari kechroq angladi. Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assabliyasining 48-sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon hamjamiyatini Afg'oniston muammosini izchil o'rganish va yechishga chaqirdi. Tolibon harakatining diniy mutaassib va jangarilik faoliyati haqidagi ushbu haqqoniy fikr faqat 2001 yil 11 sentyabr AQSH fojiasidan so'nggina tan olindi. O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 6+2 guruhining BMT rahbarligida 1998-199 yillarda olib borgan faoliyati Afg'onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo'lganligini takidlash lozim. Bu guruh Afg'oniston bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O'zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg'onistondagi vaziyatga jiddiy ta'sir ko'rsatib turgan ikki davlat-AQSH va Rossiyaning yuqori darajadagi vakillaridan tashkil qilingan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va muzoqaralar o'tkazib, ularga Afg'onistonda bir-biri bilan kurashayotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, Afg'onistondagi mojarolarni tinch yo'l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to'g'risidagi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo'yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.79 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.79 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga