Musulmon huquqi fanining tushunchasi, predmeti, uslubi va ahamiyati Reja: Musulmon huquqi fanining tushunchasi, predmeti. Musulmon huquqi fanining maqsadi va ahamiyati. Musulmon huquqini o'rganish uslublari Musulmon huquqi - shariat o'rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyaning juda kattahodisasi hisoblanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga kelib, rasmiylashgan va asta -sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jarayoni arab davlatchiligini VII-asr boshida (Muhammad salollulohu alayhi vassalam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VII-X asrlarda(Ummaviylar va Abbosiylar davrida) yirik imperiyalardan biriga o'sib o'tishi jarayoni bilan chambarchas bog'liq. Arab xalifaligi qulagandan so'ng musulmon huquqi nafaqat o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotdi, balki yanada taraqqiy etdi, xuddi o'rta asrlarda Yevropadagi rim huquqi singari «ikkinchi marotaba dunyoga keldi», hamda o'rta asrlardagi Osiyo va Afrikaning u yoki bu darajada islomni qabul qilgan qator mamlakatlari (Misr, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi va boshqa ko'pgina davlatlar)ning amaldagi huquqida ham musulmon huquqi arab istilosidan boshlab to «qizil imperiya» hukmronligi o'rnatilgunga qadar muhim o'zgarishlarsiz harakatda bo'lgan. Musulmon huquqi o'zidan oldingi Sharq huquqiy madaniyatining ko'pgina elementlarini, jumladan, islomga qadar Arabistonda va arablar tomonidan bosib olingan hududlarda harakatda bo'lgan huquqiy odatlar va an'analarni ham o'zida aks ettirdi. Shariat eng boshidan qat'iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilohiyoti bilan uzviy qo'shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mujassam etdi. Islom ta'limoti bo'yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomonidan o'rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo'lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xususan fiqh o'zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta'limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo'shilib ketganligi, bir-biridan ajralmaganligi, bo'linmaganligi o'ziga xos ifodasini shunday topgna ediki, buning normalari bir tomondan ijtimoiy (kishilik) munosabatlarini tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa musulmonlarning Alloh bilan munosabatlarini (ibodat qilishlarini) belgilangan. Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shungdek, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatga baho berishning o'ziga xosligida o'z aksini topgan. Masalan: Huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog'liqligi shariatda har bir musulmon tamonidan sodir etilishi lozim bo'lgan yoki mumkin bo'lmagan xatti-harakatlarning aniq ko'rsatib qo'yilganligida o'z ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga - xarom va halolga ajaratiladi. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda beshta toifa vujudgakelgan. Bular: farz - bajarilishi qat'iy majburiy xatti-harakatlar; mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin maqul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh ixtiyoriy normalar; makruh noma'qul normalar; harom qat'iy ravishda ta'qiqlangan xatti -harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy mazmunga ega bo'lib, majburlovchi, tavsiya qiluvchi, yo'l qo'yuvchi, lekin jazo qo'llanilmaydigan, ta'qiqlovchi va jazoga loyiq (mustaxiq) xarakterdadir. Shariat me'yorlarining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.66 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.66 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: doc