Musulmon huquqi manbalari

Musulmon huquqi manbalari

O'quvchilarga / Huquq
Musulmon huquqi manbalari - rasmi

Material tavsifi

Musulmon huquqi manbalari Reja: 1.Musulmon huquqining manbalari tushunchasi va tasnifi 2. Quroni karim islom huquqining asosiy manbasi sifatida, undagi huquqiy normalar. 3.Sunna, Ijmo va Qiyos tushunchalari huquqiy manba sifatida. 4. Islom huquqining qo'shimcha manbalari Musulmonhuquqiningmanbalari tushunchasi va tasnifi G'arb huquqi dunyoviy tizim bo'lganligi sababli uning manbalari qonunlar va urf-odatlardan iboratdir. Ammo islom huquqi dunyoviy huquq bo'lgani holda diniy mohiyatga ega bo'lgani uchun, o'zining sarchashmasini ilohiy manbadan oladi, bu esa g'arb huquqi bilan uning asosiy farqini ko'rsatadi. Islomiy huquqning asosiy manbalari buyuk faqihlar tomonidan yakdillik bilan to'rta deb tan olingan. Usulul fikhda manbalar «adilla» (dalillar) yoki «adillai-tafsiliya» (tafsiliy dalillar) atamalari bilan ifodalanadi. Islom huquqi masalalarini o'rganish bilan shug'ullangan hozirgi zamon olimlari shariat huquq tizimining manbalari haqida turlicha fikrlarni bildirganlar. Masalan: X.Sulaymonova shariatda barcha huquq tarmoqlari, jumladan, jinoyat huquqiga tegishli masalalarni xal etishda uning uchta manbai: Quron, sunna va ijmo amal qilgan degan bo'lsa, M.Mullaev musulmon huquqidagi mazkur uchta manba qatoriga qiyos va odat huquqini ham qo'shgan. Mazkur to'rta asosiy manbalarni ko'rib chiqamiz: Birinchi manba: Quroni karim Quroni karim 23 yil risolat davri (610-632 yillar)da Payg'ambarimiz Hazrat Muhammad alayhissalomga Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi. Quron (arab. «al-Quron» - o'qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) - musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lib, 114 sura, 6210 oyat, 77434 so'zdan tarkib topgan. Qurondagi har bir suraning o'z nomi bor. Quron suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo'lib, Makkiy suralar deb ataladi. Ularning uchdan bir qismi, yani 19 tasi 622- yili yuz bergan hijratdan keyin davomida Madinada nozil bo'lib, Madaniy suralar deb qabul qilingan. Aytib o'tilgan bu ikki xil suralarning farqlari shundan iboratki, Makkada nozil qilingan oyatlar ko'pincha e'tiqodiy masalalar, ibodatlar, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlilik, ilmu tafakkurni targ'ib qilingan. Ularda ko'pincha «Ey iymon keltirganlar, Ey mo'minlar!» xitob etiladi. Madinada nozil bo'lgan oyatlar, fikhiy ahkom- muomalot, jinoyat va jazo, oilaviy munosabatlar, sulxu tinchlik bitimlari va musulmonlararo boshqa aloqalarga tegishli bo'lib, ularda asosan «Yo yayyuhannos!» (Ey odamlar, ey insonlar) deb xitob qilinadi. Takidlash kerakki, Quron muqaddas kitob ekanligi uning to'planishi va asl holida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Bu xususiyat uning ilohiylik ahamiyatidan kelib chiqqanligi tufaylidir. Quroni karim uch marta to'plangan: Birinchi marta: Payg'ambarimiz hayotlik chog'larida vahiy kotiblari orqali yozilgan oyatlar va suralarni Payg'ambar (a.s) uylarida saqlash va ular tomonidan suralarni o'z o'rniga qo'yish davri edi. Ikkinchi marta: Xalifa Abu Bakr davrida Hazrat Umar taklifiga binoan Zayd ibn Sobit rahbarligida tayin etilgan hayat tomlnidan Quronning barcha oyatlarini birlashtirib, to'plash davri. Uchinchi marta: Hazrat Usmon davrida butun islom dunyosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.61 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.61 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga