Musulmon huquqi tizimi sohalari va institutlari Reja: 1.Musulmon huquqi normasi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2.Musulmon huquqining turli xil normalarining tasnifi 3.Islom huquqi tarmoqlarnning tarkibi va tasnifi 4. Musulmon huquqi tizimi qurilishining prinsip va omillari. Musulmon huquqi normasi tushunchasi. Islom huquqi bir-birini taqozo etuvchi ikki xususiyat: 1) diniy kelib chiqish; 2) yuridik qoidalar islom aqidalari (ilohiyot), axloq normalari, ibodat qoidalari, umuman islomning diniy normalari bilan uzviy bog'liqlik bilan tavsiflanadi. Islom huquqi hozirgi vaqtda dunyoning yirik huquqiy tizimlaridan biri bo'lib, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning barcha asosiy jabhalarini (oila, jamiyat, davlat) tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Islom huquqi normalarining aksariyati ilohiy xususiyatga ega, demak boqiy va o'zgarmas deb hisoblanadi. Shu bois nazariy jihatdan ular davlatning normativ-huquqiy hujjatlari bilan almashtirilgan. Demak, shariat ikki yo'nalishga bo'linadi: 1.Dinning tamoyillari (aqida) 2. Fiqh(qonunshunoslik). Fiqh arabcha so'z bo'lib, anglamoq va tushunmok ma'nosida ishlatiladi. Inson amaliy jihatdan uzining foydasiga yoki zarariga bo'lgan narsalar haqidagi shariat huquqlarini bilib olish Fikx ilmidan iborat. Fikx ilmi YA'ni islom huquqshunosligi ikki asosiy kismga bulinadi: Usulul-fikx. Asosiy manbalardan xukmlarni chikarib olish yo'llarini belgilab beruvchi qoidalarni bilib olishdir. Nazariyalar Furu'ul-fikx. Usulul-fikxda belgilab berilgan qoida va usullar orqali asosiy manbalardan chikarib olingan far'iy (amaliy) xukmlar majmuasi bo'lib, fikx ilmining tarmoqlari yoki sohalarini tashkil etadi. Islom huquqi normalarini turlash, sohalarga bo'lish eng muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Musulmon huquqshunoslari (faqihlar) islom dinining asosiy manbalarida (qur'on, Sunna, ijmo', qiyos) hamma savollarga javob mavjudligidan kelib chiqadilar. Vazifa bu javobni topishdangina iboratdir. Ular qur'on va Sunnada bevosita tartibga solinmagan masalalarni hal qilish uchun yangi normalarni keltirib chiqarishning har xil usullarini ishlab chiqqanlar. Islom huquqi o'z tarixiy missiyasini bajarishga muvaffaq bo'lganining sababi shundaki, u Qur'on va Sunnaning son jihatidan uncha ko'p bo'lmagan qoidalarigagina bog'lanmagan, balki ularga umumiy tarzda, o'z g'oyaviy-nazariy negizi sifatida suyangan, muayyan mazmunni faqihlarning asarlaridan olgan. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: Qur'on, Sunna hamda Muhammad Payg'ambar (SAV) safdoshlari muayyan masala yuzasidan chiqargan hukmlar bilan bir qatorda, oqilona manbalarni o'z ichiga olgan islom huquqiy ta'limoti yuridik ma'nodagi islom huquqining mustaqil va yetakchi manbaiga aylangan. Boz ustiga, amaldagi islom huquqi normalarining asosiy qismi ana shu ta'limot doirasida yaratilgan. Islom huquqining ta'limot ko'rinishida ishlab chiqilishi uni tizimga solishni qiyinlashtirgani holda, unga muayyan darajada moslashuvchan bo'lish, rivojlanish uchun imkoniyat yaratgan, bunda mazkur jarayonda faqihlarning roli oshib borgan. O'z rivojlanishining dastlabki bosqichlarida islom huquqiy ta'limoti asosan Qur'on va Sunnani talqin qilish asosida muayyan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullangan. Keyinroq islom huquqiy ta'limoti Qur'on va Sunnadan yangi huquqiy normalarni keltirib chiqarishning oqilona ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: doc