Musulmon huquqi yo'nalishlari va mazhablar

Musulmon huquqi yo'nalishlari va mazhablar

O'quvchilarga / Huquq
Musulmon huquqi yo'nalishlari va mazhablar - rasmi

Material tavsifi

Musulmon huquqi yo'nalishlari va mazhablar Reja: 1.Islomning asosiy yo'nalishlari: Sunniylik va shialik 2.Sunniylik oqimi mazhablari: Hanafiya mazhabi, Molikiya mazhabi, Shofi'iya mazhabi, Xanbaliya mazhabi 3. Shialik oqimi xususiyatlari va uning mazhablari -Jafariya mazhabi -Ismoiliya mazhabi -Zaydiya mazhabi Islomning asosiy yo'nalishlari: Sunniylik va shialik Islom dunyosining ikki yo'nalishga bo'linish sababi paygambarimiz M.(SA,V) (632 yil)ning dunyodan utishi bilan davlat hokimiyatiga bo'lgan kurash natijasida kelib chikdi. Chunki mazkur din tarqalgan hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kurashning kuchayishi, muayyan dinga e'tiqod qiluvchi turli xalqlarning ijtimoiy manfaatlari va madaniy darajalari turlicha bo'lganligi bilan bog'liqdir. Sunniylarning fikricha davlat hokimiyati paygambar oilasiga xos ish bulmay, butun musulmonlar jamoasiga bog'liq bo'lgan bir siyosiy huquqiy masala hisoblanadi. Sunniylarcha, davlat rahbari mavjud bo'lmagan holatda, uni tayinlash va unga itoat qilish zaruriy masala hisoblanadi. Sunniylik oqimiga mansub mazhablar imomlik masalasini, ya'ni davlat rahbarligiga doir muammoni shariat qoidalari va tarixiy tajribalarga tayanib hal qilishadi. Sunniylarcha, hazrat Muhammad vafotidan keyin Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali butunlay islom qoidalariga mos keladigan suratda Payg'ambar o'rinbosari qilib tayinlanganlar. Xalifalik Payg'ambar oilasiga xos ish bo'lmay, butun musulmonlar jamoasiga bog'liq bo'lgan bir siyosiy-huquqiy masala hisoblanadi. Biz Abdulqoxir Bag'dodiy (1037y) tomonidan yozilgan sharh asosida ushbu mavzuni yaratish uchun «Islomda huquq» kitobidan qisqartirib foydalanamiz. 1.Imomlik (xalifalik)ning zarurligi. Musulmonlar uchun har doim barcha tomonidan itoat qilinadigan imom (davlat rahariga)ga zarurat bo'ladi. Imom ularning talablarini bajarib, qonuniy ja'zolarni tatbiq etib, haribiy faoliyatlarni olib boradi. Beva qolgan ayollarni turmushga chiqaradi, qo'lga kiritilgan o'ljalarni taqsimlaydi. 2.Imom mavjud bo'lmagan holatda, uni tayinlash va unga itoat qilish zaruriy masala hisoblanadi. Ammo shia mazhabiga ko'ra imom mavjud bo'lmagan holatda,g'oyib imomga itoat qilish zarur bo'ladi. 3.Bir vaqtning o'zida ikki imom bo'lishi mumkin emas. Agar o'rtada biror daryo masofa bo'lib, ikki tomon bir-biriga qarshi turib g'alaba qozona olmasa, o'shanda ikkita imom bo'lishi mumkin. 4.Imom quraysh qabilasidan bo'ladi. Chunki Payg'ambar«Imomlar qurayshdan bo'ladi» degan edilar. (Lekin keyinroq buyuk mutafakkiir va muarrix Ibn Xaldun (14-asr) imomning qurayshdan bo'lishi shart emasligini ta'kidlagan). 5.Sunniylik nazariyotchilari imom bo'lish uchun qo'yidagi to'rtta shartni o'rtaga qo'yadilar: Birinchi shart: Shariat ilmini puxta egallab, ijtihod qilish darajasiga yetgan bo'lsin. Ikkinchi shart: Oliy axloq va yuksak fazilatlar egasi bo'lsin. Uchinchi shart: Hokimiyat ishlari bo'yicha yetarli tajriba va ma'lumotga, harbiy ishlarni tashkil etish qobiliyatiga ega bo'lsin. To'rtinchi shart: quraysh naslidan bo'lsin (albatta, Ibn Xaldun bufikrga qarshi). 6. Shialar aqidasiga qarshi o'laroq, imom uchun ismat (gunoxdan butunlay poklik) shart emas. 7.Musulmonlar jamoasi o'z salohiyatli namoyondalari orqali imomni saylab, hokimiyat tepasiga ko'taradilar. 8.Payg'ambar vafotidan keyin uning o'rinbosari-xulofoi roshidin islom qonuniga muvofiq saylanadilar. 9.Imom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.76 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.76 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga