Mutaxassis iqtisodchilarni tergov va sud harakatlariga jalb qilish Korxonalarda xo'jalik jarayoni ta'siri ostida hisobot davri ichida juda ko'p xo'jalik ishlari sodir bo'ladi. Buxgalteriya balansi, odatda har oyda bir marta tuziladi. Uni tuzish uchun xo'jalik ishlarini guruhlashtirish zarurati tug'iladi. Hisobot davrining ichida har bir guruhdagi qoldiq buxgalteriya balansining tegishli moddalariga yozib qo'yiladi. Guruhlashtirish xo'jalik ko'rsatkichlaridagi ma'lumotlarni tartibga solish uchun ham kerak bo'ladi. Bunday guruhlashtirish buxgalteriya schyotlari yordamida amalga oshiriladi, ya'ni buxgalteriya hisobida sodir bo'layotgan xo'jalik ishlarining ma'lumotlarini ma'lum xususiyatlariga ko'ra va iqtisodiy mazmuniga qarab guruhlashtirish schyotlar tizimi yordamida amalga oshiriladn. Bunday iqtisodiy guruhlashtirish uchun ikkiyoqlama yozish usulidan foydalaniladi. Buxgalteriya schyotlarini qo'llash xo'jalik mablag'larining harakati va xo'jalik jarayoni ustidan joriy nazorat olib borish hamda kerak bo'lib qolgan taqdirda ularning yordamida xohlagan sanaga balans tuzish imkonini yaratadi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi deb xo'jalik mablag'larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbai, muayyan maqsadlar uchun foydalanilishini, shuningdek xo'jalik jarayonidagi harakatlarni joriy hisobga olish va nazorat qilish maqsadida guruhlashtirib borishga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, xo'jalik obyektlarining xo'jalik jarayonidagi harakatini tartibga solib, hisobga olish va nazorat qilish usulidir. Buxgalteriya hisobi schstlarida xo'jalik mablag'lari va ularning manbalari harakatlarini aks ettiruvchi xo'jalik ishlari ayrim ko'rsatkichlari bo'yicha guruhlashtirilib, ulardagi hamma o'zgarishlar to'xtovsiz va tartib bilan aks ettirib boriladi. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo'jalik mablag'i yoki uning manbaining boshlang'ich holati ro'yxatga olinadi, keyingi bo'ladigan joriy o'zgarishlar o'z vaqtida aks ettirilib boriladi. Natijada schyotlardan istalgan paytda ayrmm tur xo'jalik mablag'i yoki uning manbai to'g'risida guruhlangan miqdor va pul ko'rsatkichidagi ma'lumotlarni olish mumkin. Xo'jalik mablag'larini, ularning manbalarini va xo'jalik jarayonlarini iqtisodiy mazmuniga hamda tuzilmasiga karab alohida hisobga olish maqsadida, ularning har bir turi va jarayoni uchun maxsus schyotlar mavjud. Schyotlar tizimi deb buxgalteriya hisobida foydalaniladigan hamma schyotlarning schetlar ro'yxatidagi tizimga aytiladi. xo'jalik mablag'larini hisobga oluvchi schyotlarga «Asosiy vosi-talar», «Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar», «Nomod-diy aktivlar», «Materiallar», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar, xo'jalik mablag'larining manbalarini hisobga oluvchi schyotlarga «Nizom fondi», «Zahira fondi», «byudjet bilan hisob-kitoblar», «Foyda va zararlar», «Maxsus maqsadga atalgan fondlar» va bosh-qalar, xo'jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlarga «Asosiy ishlab chiqarish», «Yordamchi ishlab chiqarish» va boshqalarni ko'rsa-tish mumkin. Buxgalteriya hisobi schyotlariga xo'jalik operatsiyalarini yozish uchun operatsiya sodir bo'lganda ro'yxatga olingan hujjatlardan foydalaniladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo'jalik operatsiyalari tegishli obyektni hisobga oluvchi schyotlarga tarqatiladi; bunda har xil operatsiyalarni umumlashtirib, schyotda aks ettirish maqsadida ular pul ko'rsatkichi bilan ifodalanadi. Amalda schyotlar jadval, kartochka yoki daftar varag'n shaklida bo'lib, u ikki qismga bo'linadi. Uning chap qismi «Debet», o'ng qismi esa «Kredit» deb ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.33 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.33 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc