Nazorat tartibida ish yuritish

Nazorat tartibida ish yuritish

O'quvchilarga / Huquq
Nazorat tartibida ish yuritish - rasmi

Material tavsifi

Nazorat tartibida ish yuritish Reja: 1. xo'jalik protsessida nazorat tartibida ish yuritish tushunchasi va uni kassatsiya tartibida ish yuritishdan farqi. 2. Nazorat tartibida ishlarni qayta ko'rishda protest keltirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar. 3. O'zbekiston Oliy xo'jalik sudi Rayosati tomonidan protestni ko'rish tartibi. 4. Nazorat tartibida karor kabul qilish tartibi. xo'jalik protsessida nazorat tartibida ishlarni ko'rishning xo'jalik protsessining bosqichlaridan biri sifatida kiritilishi sud hujjatlarining qonuniy va asosliligini tekshirish va birinchi instansiya, apellyatsiya vakassatsiya instansiya sudlari tomonidan yul qo'yilgan kamchilik va xatolarni bartaraf etishga qaratilgan. Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta qurilishi-ishda ishtirok etuvchi shaxslarning(shu bilan birga qonun bilan kuriklanadigan manfaatlari buzilgan boshqa shaxslarning) huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo'shimcha kafolati hisoblanadi. Shunday qilib, nazorat tartibida qayta ko'rishning obyekti bo'lib qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudining hal kiluv karori, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarining karorlari hisoblanadi. Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta qurilishi boshqa sud hujjatlarini qayta ko'rish usullaridan, yani apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida tubdan farq qiladi: Avvalo, bu instansiya subyektlari doirasi bilan farqlanadi. Agar apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida shikoyat(rotest) keltirish huquqi ishda ishtirok etuvchi ishtirokchilarga berilgan bulsa, ishlarni nazorat tartibida qurilishida qonunda belgilangan vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidangina berilishi mumkin (O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Raisi, uning urinbosarlari; O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va uning urinbosarlari) Apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat(protest) keltirish uchun muddat belgilangan bulsa, nazorat tartibida bunday muddat belgilanmagan. yuqoridagilardan kelib chikib, sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta qurilishi deb, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonunda belgilangan vakolatli mansabdor shaxslarning keltirgan protestlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosati tomonidan ko'rib chiqilishi tushuniladi. Nazorat tartibida ishlarni qayta ko'rishda protest keltirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi iqtisodiyot sohasidagi nizolarni ko'rib hal qiluvchi xo'jalik sudlari ichida eng yuqori organ hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «sudlar to'g'risida»gi qonunga muvofik O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudiga kuyi xo'jalik sudlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining Raisi va uning urinbosarlari xo'jalik sudlari tomonidan kabul qilingan sud hujjatlarini qonuniy va asosliligini tekshirish vakolatiga ega. Ular gayriqonuniy sud hujjatlari kabul kilinganligi to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lganlari taqdirda , xo'jalik sudining bunday hujjatlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonuniga muvofik Respublikamizda qonunlarni amalda qo'llanilishi va unga rioya etilishini davlat organlari, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishini nazora qilish prokuratura organlari vakolatiga kiritilgan. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga