Nikoh shartnomasini huquqiy tartibga solish Reja: Nikoh shartnomasining tushunchasi Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni Nikoh shartnomasining o'zgartirilishi va bekor qilinishi, uni haqiqiy emas deb topish Nikoh shartnomasi tushunchasi. Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni. Nikoh shartnomasining o'zgartirilishi va bekor qilinishi, uni haqiqiy emas deb topish Nikoh shartnomasining tushunchasi Ilgari amalda bo'lgan oila-nikoh qonunchiligi bo'yicha yer-xotinning mulkiy munosabatlari faqat qonun bilan tartibga solinar edi. yer-xotinning birgalikdagi mol-mulkini boshqarish va tasarruf etishga oid har qanday kelishuv qonunga zid hisoblanar va haqiqiy emas, deb topilar edi. Bunda oilada ma'naviy negizlari moddiy asoslardan ustun, deb hisoblanar edi. yer-xotinning mol-mulki asosan maishiy ehtiyoj ashyolari (kiyim-kechak, mebel)dan tashkil topgan edi va shu sababli qoida bo'yicha bo'ladigan narsaning o'zi ham mavjud emas edi. Zero, sobiq ittifoq davrida birgalikdagi mol-mulkning qonun bilan belgilangan rejimi ko'plab oilalarning manfaatlariga mos kelar edi. yer-xotin mulkiy munosabatlarni boshqacha tarzda tartibga solishga muayyan ehtiyoj ham mavjud emas edi. Biroq xususiy mulkchilikning rivojlanishi, unga keng imkoniyatlar va huquqiy kafolatlarning berilishi yer-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini taqsimlashga bo'lgan vaziyatni ham tubdan o'zgarishiga olib keldi. Endilikda o'zining boyligini, o'z sarmoyasini himoya qilish ehtiyojiga ega bo'lgan darajada daromad qiladigan oilalar paydo bo'ldi. Qolaversa, bugungi voqeliklar shu narsadan dalolat beradiki, o'rta hol qatlam vakillarining ko'pchiligi nikohga kirishar ekan, nikoh shartnomasi tuzish istagida bo'lishadi. Buning asosiy sabablaridan biri ajralishlar sonining ko'pligi va o'zini omadsiz nikoh natijasidagi ma'naviy yo'qotishlardan bo'lmasa-da, moddiy yo'qotishlardan himoyalash istagida bo'lgan kishilarning mavjudligi hisoblanadi. Shu bois nikoh shartnomasi nikoh tuzish vaqtida yoki nikoh davomida yer-xotinning mulkiy huquq hamda majburiyatlarni belgilaydigan bitim sifatida ahamiyatlidir. Nikoh shartnomasi tuzish yo'li bilan taraflar kelgusida vujudga kelishi mumkin bo'ladigan turli nizolarning oldini olish bilan birga, o'zaro mulkiy munosabatlarning yuridik taqdirini ham oldindan belgilab oladilar. Nikoh shartnomasi ko'p asrlardan beri xorijiy va milliy amaliyotda amal qilib kelmoqda. Qadimgi Rimdayoq bo'lg'usi yer-xotinlarning mol-mulkiga oid bitimlar tuzilgan. Sharqiy va G'arbiy Yevropamamlakatlarida XVI-XIX asrlarda aholining turli qatlamlari o'rtasida keng tarqalgan nikohdan oldingi kelishuvlar mashhur bo'lgan. O'rta Osiyo xalqlarida tarixda mavjud bo'lgan davlatlarning amaliyotida ham bunday kelishuvlar ma'lum bo'lgan. XX va XXI asrlar oralig'ida Samarqand viloyatida arxeologlar tomonida 4 ming yillik tarixga ega bo'lgan, bo'lg'usi yer-xotinlarning mulkiy huquqlarini belgilovchi yozuvlar topilgan. Bu yozuvlarda nikoh tugatilganda yer-xotindan har birining mulkiy huquqlari haqida qaydlar o'z ifodasini topgan. yer-xotin mol-mulkining shartnomaviy rejimini tartibga soluvchi huquqiy vosita sifatida nikoh kontrakti institutining shakllanishi XVII asrning oxiri - XIX asrning dastlabki yillarda Fransiya, Angliya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda boshlangan. Adabiyotlarda qayd etilishicha, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida nikoh shartnomasining paydo bo'lishi, birinchi navbatda, o'sha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc