Nikoh tuzish tartibi va shartlari

Nikoh tuzish tartibi va shartlari

O'quvchilarga / Huquq
Nikoh tuzish tartibi va shartlari - rasmi

Material tavsifi

Nikoh tuzish tartibi va shartlari 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 2-mavzu Nikoh oilaning vujudga kelishi uchun birdan-bir asosdir. Nikoh ahdi insonlarga mas'uliyat yuklaydi. Oilada yerning ham, ayolning ham o'z vazifasi bor, ulardan har biri o'z vazifasini to'la ado etishga mas'uldirlar. Nikoh tufayli yangi oilalar vujudga keladi. Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas, uning davlat tomonidan qayd etilishi yuridik faktdir. Aynan ro'yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina yer-xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi. Ro'yxatsiz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas. Nikoh davlat va jamiyat manfaatlarini ko'zlab, yer, xotin va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo'lajak yer-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh Yoshi belgilab qo'yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yoshdan, ayollar esa 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin. Fuqarolik qonunlariga asosan voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o'tgan fuqaro to'la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo'ladi. Nikoh yoshiga amal qilmasdan, g'ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo'lish har xil huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy emas, deb topilib, oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar. 1. Loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas. Respublikamizda har bir fuqaro faqat yakka nikohda bo'lishi mumkin. 2. Nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida nikoh tuzilishiga ruxsat berilmaydi. Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohni qonun yo'li bilan taqiqlash axloqiy qoida hamda biologik nuqtayi nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi. 3. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bunday shaxslar o'z qilmishlarining oqibatiga to'liq javob bera olmaydilar va nikoh tuzishga ongli ravishda o'z xohishlarini izhor eta olmaydilar. Savol va topshiriqlar: 1. Oila quradigan inson qanday mas'uliyatlarni zimmasiga olishi kerak? 2. Oila qurish uchun nimalarga ega bo'lish kerak? 3. Quyidagilardan qaysi biri bo'lmasa ham oila qurish mumkin: moddiy imkoniyatlar, ma'naviy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, jismoniy (biologik) tayyorgarlik? 4. Sizningcha, oilada turmushning qiyinchiliklari ko'proq kimning zimmasiga tushadi? Fikringizni asoslang. Nikoh tuzish tartibi va shartlari Reja: 1. nikoh tushunchasi, nikohning huquqiy ahamiyati 2. nikoh tuzish tartibi va shartlari 3. nikohni kayd etish muddatlari, tartibi va shartlari 4. nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga