O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Mavzu Nikoh utuzishga qo'yilgan talablarntng tarixiy rivojlanishi Tekshirdi: Topildiev V Tayyorladi; Qayumov O Toshkent - 2015 Mundarija Kirish 3 1-bob Turkistonda islom dini yoyilguncha va yoyilgandan so'ngi qarashlar . 4 1. Turkistonda islom dini yoyilgunga qadar nikoh va oila huquqiy masalalari…… 4 Turkistonda islom dini yoyilgandan so'ng nikoh va oila munosabatlarining odat va shariat qoidalari bilan tartibga solinishi 8 2 -bob O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Nikoh va Oila haqdagi qonunlari 2.1. Sobiq Sovet hokimiyatining 1917 yildagi nikoh va oila masalalari bo'yicha dekretlari 11 O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Nikoh va Oila kodeksi (1969 yil) …… 15 Hulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi shundaki oilaviy munosabatlarga sharqda o'tmishdan boshlab katta ahamiyat berilib kelingan. Zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi alohida o'rin tutgan. Avesto tadqiqotchisi H. Homidov o'sha davrdagi oilalar to'g'risida shunday deb yozadi: Erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg'a bosishar yoki beliga zanjir bog'lab yurishga majbur qilishardi. Bazan bunday erkakni qopga solishib kaltaklashgan. Avestoda qarindoshlarning o'zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug' qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko'p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir yo'la ikki-uch tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor, deb uqtiriladi. Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalqlarida oilaning eng dastlabki tarixiy shakli hisoblangan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jamoasi ham bo'lgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga, har bir oila a'zolarining xatti-harakatlariga alohida etibor berilgan. Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Asta-sekin o'sha davrlarda kichik-kichik oilalar vujudga kela boshlagan. Kichik oilalar vujudga kelishi bilan nikohning shart-sharoitlari ham o'zgarib borgan. 1-bob Turkistonda islom dini yoyilgunga va yoyilgandan sqngi qarashlar Turkistonda islom dini yoyilgunga qadar nikoh va oila huquqiy masalalari O'zbek xalqi Turkistonning qadimiy xalqlaridandir. Bu jumhuriyat hududlarida o'tkazilgan qadimshunoslik (arxeologik) tadqiqotlarida isbotlangan va tasdiqlangan. O'zbek xalqining vujudga kelishi, rivojlanishi va uning ko'payishini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Xalqlar ko'payishining birdan-bir asosi ularning nikoh va oila munosabatlarida bo'lishidir. Juda qadim vaqtlarda hozirgi tushunchadagi nikoh va oila munosabatlari bo'lmagan. Dastlabki vaqtlarda guruhiy nikoh, yani bir guruh ayollar bilan bir guruh erkaklar o'rtasida umumiy yer-xotinlik, yaqin qarindoshlar o'rtasida jinsiy aloqalar bo'lgan. Zardushtiylik dinining asoschisi va Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda yaqin va O'rta Sharq, ayniqsa, Xorazm xalqlari ko'p asrlik ijodining mahsuli, bir qancha elatlarning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-nafosat va axloqiy-ta'limiy qarashlarining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini o'rganishda qimmatli manba bo'lgan «Avesto» kitobining muallifi Spitama ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.65 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.65 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc