Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rishning protsessual xususiyatlari

Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rishning protsessual xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rishning protsessual xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko'rish asoslari Nikohni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rish Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko'rish asoslari Ko'p yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi kadimdan ota-bobolar an'analariga Sodiq bo'lgan holda axloq prinsiplariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta'minlash, kishilarda oila oldida mas'ul bo'lish xissini tarbiyalash-nikoh va oila to'g'risidagi qonunchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblangan. Sudlarning faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoidalar asosida oilani har tomonlama himoyalashga, bolalarni Vatanga va oilaga sadokat ruhida ijtimoiy tarbiyaga mos holda to'g'ri tarbiyalashga, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish nikoh va oila munosabatlari borasidagi qonunlarni mustahkamlashga, fuqarolarni oila va jamiyat oldida javobgarlik xissida tarbiyalashga qaratilgan. Bu vazifalar nikohdan ajralish tartibi to'g'risida Oila kodeksi, «O'zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko'rishda qonunlarni qo'llash amaliyoti to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori buvazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga qaratilgandir.1 O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasida belgilanganidek, nikoh yer-xotinning hayotligida ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq ajralish yo'li bilan tugatilishi mumkin. Sud ajralish to'g'risida ariza bergan yer va xotinni yarashtirish uchun barcha choralarni ko'rishga majbur. Bunday toifadagi ishlarni ko'rishda sudlar oilaning daxlsizligiga, milliy xususiyatlarga e'tibor berishlari lozim. Amaldagi nikohdan ajralish to'g'risidagi qonunlarni shariat huquqiy me'yorlariga to'g'ri kelishini quyidagilardan anglash mumkin. Masalan, Shariatga ko'ra oila nikoh qilish bilan tuzilishi va agar yer-xotinlardan birontasining vafot qilishidan keyin boshqa qandaydir sabablarga asosan hayotligida ajralishga to'g'ri kelsa talok qilish bilan buzilishi ko'rsatilgan.2 Sud va yer-xotinning kelgusida birgalikda oilaviy turmush olib borish va oilani saqlab qolish imkoniyati yo'q deb topgandagina nikohdan ajratilishi mumkin. Voyaga yetmagan farzandlari bo'lmagan yer va xotinning ajralishlikka o'zaro roziliklari bo'lgan taqdirda, agar ular o'rtasida mulk to'g'risida va bir-birlarining ta'minoti uchun aliment undirilishi to'g'risida da'vo bo'lmasa, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi (ZAGS)da bekor qilinishi mumkin. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxslar, ruhiy kasallik yoki aqli zaif bo'lganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek, kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga hukm qilingan shaxslar bilan bo'lgan nikoh ham fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida, ammo nizo bo'lgan taqdirda, bunday nikoh sud tartibida ko'rib hal qilinadi. Demak nikohdan ajralish to'g'risidagi ishlar ikki guruhga: birinchidan, nizosiz bo'lganligi tufayli fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ko'riladigan ajralish to'g'risidagi ishlar va ikkinchidan, ajraluvchilar o'rtasida nizo bo'lgani tufayli umumiy da'vo ishi tartibida sudda ko'riladigan ajralish to'g'risidagi ishlarga bo'linadi. Ajralish to'g'risidagi ishlarning ikki guruhga bo'linishiga asos-yer va xotinning ajralishga bo'lgan huquqlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga