Nodavlat notijorat tashkilotlar ma'muriy huquq subyekti sifatida Reja: Nodavlat notijorat tashkilotlari - ma'muriy huquq subyekti sifatida. Nodavlat notijorat tashkilotlarining turlari. Nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatlari. Nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat boshqaruv organlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solish. Nodavlat notijorat tashkiloti (jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini o'zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari o'zining faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi 199-yil 14-aprel qonuni, boshqa qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari asosida olib boradilar. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'Isa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko'mak ko'rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to'g'ridan to'g'ri xalqaro aloqalar o'rnatishi, hamkorlik to'g'risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo'ladi va u, agar uning tasis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi. Qonunchilik hujjatlarida nodavlat notijorat tashkilotlarga quyidagi huquqlar berilgan: o'z a'zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; o'z faoliyati to'g'risida axborot tarqatish; ommaviy axborot vositalarini tasis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; o'z ramziy belgilarini tasis etish; o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig'ilishlar, konferensiyalar o'tkazish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar. Shu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.82 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.82 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc