Nomusga tegish jinoyatini tergov qilish Reja: 1. Nomusga tegish jinoyatini kriminalistik tavsifi 2. Dastlabki tergov harakatlari 3. Voyaga yetmaganlar nomusiga tegish jinoyatini tergov qilish Nomusga tegish jinoyati - shaxsga qarshi qaratilgan og'ir jinoyatlardan biridir. Kriminalistik tavsif shu bilan belgilanadiki, bunda tergovchi nomusga tegish kim tomonidan sodir etilganligini aniqlash bilan bir qatorda, jabrlanuvchi ushbu jinoyatni sodir etgan deb ko'rsatayotgan shaxsga tuhmat qilmayotganligini aniqlashi lozim bo'ladi. Ushbu jinoyat asosan guvohlarsiz sodir etiladi, shuningdek har bir shaxsning shaxsiy va jinsiy hissiyotlariga daxldordir. Bu holatlar jabrlanuvchi tomonidan ko'rsatma berilganda o'z ifodasini topadi. Bu kabi jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti jabrlanuvchiga o'tkaziladigan ta'sir kuchliligidan dalolat beradi. Manfaatdor shaxslar jabrlanuvchini aldab o'ziga og'dirib olishi, uylanishni va'da qilishi yoki turli xil tahdidlar, qo'rqitishlarni amalga oshirishi va boshqa yo'llar bilan ruhiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Ko'p hollarda jabrlanuvchi o'z ko'rsatmalarini o'zgartiradi, ya'ni hodisa sodir bo'lmagan yoki umuman boshqa noma'lum shaxs tomonidan sodir bo'lgan yohud jinsiy aloqa ixtiyoriy bo'lgan, deb o'z arizalarini qaytarib oladilar. Bu toifadagi jinoyatlarda jabrlanuvchining ko'rsatmalari dalillarni baholashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun jabrlanuvchining ko'rsatmalarini har tomonlama va sinchkovlik bilan xolisona tekshirish lozim. Chunki ayrim holatlarda jabrlanuvchi turli motiv-maqsadlarda ayblanuvchiga tuhmat qilishi ham mumkin. Nomusga tegish jinoyatlarining sodir etilish usulini ikkiga bo'lish mumkin. Birinchi usulda jabrlanuvchiga to'satdan hujum qilish orqali sodir etiladi, tajovuz ochiq joyda yoki binolarda bo'lishi mumkin. Bu holatda haqorat so'zlar va jismoniy kuch ishlatib yoki biron-bir vosita orqali tahdid qilinishi mumkin. Yordamga chaqirish, qarshilik ko'rsatishni bartaraf qilish maqsadida jabrlanuvchini og'zi yopiladi, qo'llari bog'lanadi, narkoz ham ishlatilishi mumkin. Ko'p hollarda jabrlanuvchining kiyimlari yirtib tashlanadi. Ikkinchi usulda jinoyatchi jabrlanuvchi bilan tanish bo'lgan yoki birinchi tanishish paytida qo'llaniladi. Bunday holatda ham hujum to'satdan bo'lishi mumkin. Lekin, bundan tashqari boshqa usullar ham qo'llaniladi. Jabrlanuvchi dastlab mast holatga keltiriladi, uning diqqatini turli suhbatlar, turli predmetlar, peyzajlar, parnografik suratlar tomosha qilish bilan chalg'itadilar. Jabrlanuvchining issiq xonada o'zining ustki kiyimini yechishdan foydalanadilar. Ba'zan jinsiy muloqotga oid gaplar va xatti-harakatlar qo'llaniladi. Bu oxirgi usullar odatda voyaga yetmaganlar va aqli zaiflarga nisbatan qo'llaniladi. Yuqoridagi usullar shuni ko'rsatadiki, bunday jinoyat ishlarida jabrlanuvchi va ayblanuvchining xulqini dalillar yig'indisi asosida nomusga tajovuz qilinganmi yoki yo'qligini baholash muhim ahamiyatga egadir. Bunday toifadagi ishlarda izlar va ashyoviy dalillar, jabrlanuvchi, ayblanuvchining tanasidan, kiyimlaridan va hodisa sodir bo'lgan joydan olinadi (tan jarohatlari, biologik izlar, mikrozarrachalar, hodisa sodir bo'lgan joyning holatini o'zgarishi). Nomusga tegish jinoyatidan qolgan ayrim izlar tezda yo'qolish xarakteriga ega (qon, sperma, jinsiy a'zolaridagi ayrim izlar). Shuning uchun tergovchi bu izlarni tezda topishi va qayd qilishi, ularni sinchiklab tekshirishi lozim. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:05:33
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.5 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:05 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.5 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:39 ]
Arxiv ichida: doc