Normativ - huquqiy hujjatning yuridik texnikasi

Normativ - huquqiy hujjatning yuridik texnikasi

O'quvchilarga / Huquq
Normativ - huquqiy hujjatning yuridik texnikasi - rasmi

Material tavsifi

Normativ-huquqiy hujjatning yuridik texnikasi Reja: Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi va turlari. Normativ-huquqiy hujjat rekvizitlari va uning tuzilishi. Normativ-huquqiy hujjat sarlavhasi. Normativ-huquqiy hujjatlarda izohlar: tushunchasi, turlari, ahamiyati va asosiy shakllari. Normativ-huquqiy hujjatlarda eslatmalar: tushunchasi, turlari, qo'llanilishi. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi xatoliklar. Matndagi havolalar. Normativ-huquqiy hujjat rekvizitlari va uning tuzilishi. Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi Qonunning 25-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega bo'lishi belgilangan: hujjatning turi va nomi; hujjat qabul qilingan joy, sana (O'zbekiston Respublikasining qonunlari uchun maqullangan va imzolangan sana ham), raqami (vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari uchun ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sana va ro'yxatga olish raqami ham); tegishli normativ-huquqiy hujjat matnini tasdiqlashga rasman vakolati bo'lgan shaxsning lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi. Normativ-huquqiy hujjat sarlavhasi. Normativ hujjatning sarlavhasi ham hujjatning rasmiy rekviziti hisoblanadi. Sarlavha normativ hujjatning tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar sohasini ko'rsatadi. Binobarin, u hujjat bilan tanishishning dastlabki bosqichi, qonunchilikni tizimlashtirish va hisobga olishning muhim vositasi hisoblanadi. Sarlavha aniq va ravshan hujjat predmetini aks etishi kerakki, bunda uni ijro etuvchi subyektlar sarlavha bo'yicha ushbu normativ hujjatni asosiy mazmunini aniqlash, tez esda qolishini ta'minlashi lozim. Sarlavha axborot jihatda boy, normativ hujjatning asosiy tushunchalarini ifodalagan bo'lishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi xatoliklar. Normativ-huquqiy hujjatlarda quyidagi xatoliklar uchrab turadi: 1. normativ-huquqiy hujjatning mazmunini shakllantirish qoidalarini buzish; 2. mantiqiylik qoidalarini buzish (normalarning kolliziyasi); 3. normativ-huquqiy hujjatni strukturasiga doir qoilarni buzish; 4. til qoidalarini buzish; 5. rasmiy qoidalarning buzilishi; 6. protsedura qoidalarini buzish(qonun loyihalarini xulosasiz qabul qilish). Normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi ilovalar. Normativ-huquqiy hujjatlar turli ro'yxatlar, jadvallar, chizmalar, ta'riflar, xaritalar, blankalar, hujjatlar, sxemalarning namunalari va boshqa shu kabilar joylashtirilgan ilovalarga ega bo'lishi mumkin. Ilovalarning va ular taalluqli bo'lgan qonunning yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning yuridik kuchi bir xil. Agar qonun loyihasiga (qonunga) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga bir nechta ilova mavjud bo'lsa, ular № belgisi ko'rsatilmagan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning matnida ilovaga havola qilinganida ham № belgisi ko'rsatilmaydi. Misol: O'zbekiston Respublikasi Qonunining 4-ilovasiga muvofiq. Ilova belgisi qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi betning yuqorisidagi o'ng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi ko'rsatilmagan holda joylashtiriladi. 1-misol: O'zbekiston Respublikasining «»gi Qonuniga ilova Ilovaning nomi varaqning o'rtasiga joylashtiriladi. Matndagi havolalar. Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalar faqat huquqiy normalarning o'zaro bog'liqligini ko'rsatish uchun yoki takrorlashga yo'l qo'ymaslik zarur bo'lgandagina qo'llaniladi. Faqat kuchga kirgan (amalga kiritilgan) qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. O'z kuchini yo'qotgan qonunlarga va qonun loyihalariga havolalar qilinmaydi. Qonun loyihasida (qonunda) qonunga havola qilish zarurati bo'lsa, quyidagi rekvizitlar quyidagi ketma-ketlikda ko'rsatiladi: qonunning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga