Normativ huquqiy hujjatlarni tizimga solish turlari

Normativ huquqiy hujjatlarni tizimga solish turlari

O'quvchilarga / Huquq
Normativ huquqiy hujjatlarni tizimga solish turlari - rasmi

Material tavsifi

Normativ huquqiy hujjatlarni tizimga solish turlari Reja: Qonunchilikni tizimlashtirish, sistematizatsiya qilish Qonunchilikni kodekslashtirish Normativ - huquqiy hujjatlarni tizimga solish turlari Jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solishda ko'plab turli-tuman huquqiy normalar va normativ - hujjatlar qabul qilinadi. Ushbu huquqiy hujjatlar jamiyat ehtiyojlari tufayli tinimsiz vujudga kelib, huquqiy tizim tarkibiga qo'shilib boraveradi. Huquqiy tizimning rivojlanib borishi - uning nafaqat mazmunan takomillashuvini, balki hajm jihatidan kengayib borishini, yani huquqiy normalar miqdori va normativ - huquqiy hujjatlar ko'lamining ortib borishini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat miqyosida to'planib va tobora ko'payib boraveradigan normativ - huquqiy hujjatlar yig'indisini tartibga keltirish, ichki muvofiqlashgan tizimga solish ehtiyoji tug'iladi. Hozirgi zamon davlatlarida huquqni ijod etuvchi turli idoralar tomonidan katta miqdorda normativ - huquqiy hujjatlar yaratilishi taraqqiyotning zaruriy tendensiyasiga aylangan. Shu sababli barcha davlatlar oldida, qonunchilikni, normativ - huquqiy hujjatlar majmuini tizimga solish (sistematizatsiya qilish) vazifasi ko'ndalang bo'lib turadi. Masalaning dolzarbligi yana shu bilan izohlanadiki, jamiyat taraqqiyoti manfaatlari uchun muntazam amalga oshirilib boradigan huquq ijodkorligi (shu jumladan, qonun ijodkorligi) malum bir bosqichda to'xtab turmaydi. Aksincha, ijtimoiy munosabatlarning tinimsiz o'zgarib, rivojlanib borishi sababli qonun yaratish va huquq ijodkorligi uzviy davom etaveradi. Bu jarayonda huquqiy normalar mazmuni hamda tizimi takomillashib boradi, yangi normativ - huquqiy hujjatlar doimiy tarzda qabul qilinadi, mavjud me'yoriy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritiladi, o'z vazifasini o'tab bo'lgan hujjatlar bekor qilinadi. Bunday beto'xtov jarayon obyektiv ravishda amaldagi normativ - huquqiy hujjatlarni tartibga solish, ularni umumlashtirish, ilmiy asoslangan tizimga keltirishni, yani sistematizatsiya qilishni taqozo etadi. Ko'pincha masalani hal etish uchun to'plamlar va qonunchilik hujjatlarining majmualari nashr etiladi. Ammo, bu vaziyatni vaqtincha engillashtirgani bilan, masalani to'la - to'kis hal etmaydi. Shu bois, davlatning vakolatli hamda ixtisoslashgan organlari doimiy ravishda normativ - huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish bilan uzluksiz shug'ullanishlari lozim bo'ladi. Davlat organlarining qonunchilikni va boshqa normativ - huquqiy hujjatlarni yagona, batartib va ichki muvofiqlashgan tizim holatiga keltirishga yo'naltirilgan rasmiy faoliyati qonunchilikni tizimlashtirish, sistematizatsiya qilish deb ataladi. Normativ - huquqiy hujjatlarni (qonunchilikni) tizimlashtirish nima uchun zarur, uning ahamiyati nimada degan savollarga quyidagicha javob berish mumkin: birinchidan, ushbu tizimlashtirish qonunchilikni yanada rivojlan-tirish uchun zarur, yani amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil etish va qayta ishlash, huquqiy qoidalarni malum mezon asosida turkumlashtirish (guruhlashtirish), ushbu hujjatlarni ichki jihatdan uyg'un, yagona tizimga keltirish huquq ijodkorligi faoliyati samarali bo'lishining, qonunchilikdagi ziddiyatlar bartaraf etilishi, bo'shliqlar to'ldirib borilishining zaruriy shartidir; ikkinchidan, qonunchilikni tizimga solish huquqiy - normativ hujjatlarni qo'llashda qulaylik yaratadi, chunki bunda zarur bo'lgan huquqiy normani izlab topish, to'g'ri sharhlash va foydalanish imkoniyati yaratiladi; uchinchidan, qonunchilikni tizimga solish maqsadga yo'naltirilgan va samarali huquqiy tarbiyani tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.29 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.29 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga