Normativ-huquqiy hujjat - huquqning manbasi

Normativ-huquqiy hujjat - huquqning manbasi

O'quvchilarga / Huquq
Normativ-huquqiy hujjat - huquqning manbasi - rasmi

Material tavsifi

Normativ-huquqiy hujjat - huquqning manbasi Reja: 1. Normativ - huquqiy hujjat huquqning manbasi 2.Normativ- huquqiy hujjatning turlari 3. Normativ - huquqiy hujjatlarning amal qilishi Normativ-huquqiy hujjat - vakolatli davlat organi (yoki mansabdor shaxs)ning belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o'rnatuvchi, o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati. Normativ-huquqiy hujjatning quyidagi xususiyatlarini ko'rsatish mumkin: - davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi; - vakolatli subyektlarning huquq ijodkorligi faoliyati mahsuli hisoblanadi; - barcha uchun umummajburiy qoidalarni o'rnatadi, o'zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; - maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladi; - rasmiy shaklga ega (qonun, farmon, qaror va boshqalar); - muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan; - huquqiy qoidaning mazmuni, ya'ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bayon etiladi; - unda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi va qoida bo'yicha davlatning majburlov kuchi ishga solinadi. Boshqa huquq manbalariga nisbatan normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi afzal jihatlarini ko'rsatib o'tish mumkin: birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar bayon etishning muayyan qoidalariga asoslanib yaratilganligi bois ularda huquq normalari aniq ifoda etiladi. ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar birgalikda qonunchilikning yaxlit bir tizimini tashkil qiladi. Har bir normativ-huquqiy hujjat qonunchilikning iyerarxik tizimida o'zining belgilangan o'rniga ega bo'lib boshqa hujjatlar bilan birga muayyan munosabatlarni kompleks asosda tartibga solishga qaratilgandir. uchinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa huquq manbalaridan farqli o'laroq tez va qisqa muddatlarda qabul qilish, o'zgartirishlar kiritish yoki zarur holatlarda bekor qilish mumkin. 0 'z navbatida, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilgan barcha huquqiy hujjatlar ham normativ-huquqiy hujjat bo'la olmaydi. Faqatgina umurniy huquq va majburiyatlarni o'rnatuvchi, o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlargina normativ-huquqiy hujjat sifatida e'tirof etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud: 0 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 0 'zbekiston Respublikasining qonunlari; 0 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; 0 'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; 0 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. Normativ-huquqiy hujjatlar muayyan bir tizim bo'lib, ushbu tizim ularning yuridik kuchiga asoslangan holda tashkil topadi. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning farqi quyidagi uchta jihat bilan bog'liq: -normativ-huquqiy hujjatlar tomonidan hal etiladigan masalalarning mazmuni va xilma xilligi; -yuridik tabiati yoki yuridik kuchiga ko'ra bir-biridan farq qilishi; -normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni va tartibining turlichaligi. Normativ-huquqiy hujjatlarni ikki turga, ya'ni qonun va qonunosti hujjatlariga bo'lish mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular 0 'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. 0 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, 0 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir. 0 'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga