Notariat faoliyatini tashkil etish

Notariat faoliyatini tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Notariat faoliyatini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Notariat faoliyatini tashkil etish Reja: Notariatning huquqni muhofaza qilish faoliyati mohiyati va ahamiyati. Sud orqali himoyalanish huquqi Notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik kuchga ega. Notariatning huquqni muhofaza qilish faoliyati huquqiy asoslari. Notariat faoliyati va ish yuritishini tashkil etish. Notariat faoliyatini tashkil etish Notariat atamasi lotincha Notariusso'zidan oldingan bo'lib xat yozuvchi kotib manosini anglatadi. O'zbekiston Respublikasida notariat jismoniy hamda yuridik shaxslarning nizosiz huquqlarini, hamda yuridik ahamiyatga ega bo'lgan, huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi hujjatlarni guvohlantiruvchi va bu nizosiz huquqlar hamda nizosiz faktlarni tasdiqlash bilan bog'liq bo'lgan harakatlarni amalga oshiruvchi davlat idoralardir. Notarial idoralarning o'ziga xos bo'lgan, boshqa ma'muriy idoralardan farq qiluvchi jihatlaridan biri nizosiz munosabatlarni hal etishidir. Notariuslar notarial harakatlarni bajarish vaqtida bevosita fuqarolarning o'zlari bilan uchrashib, muloqotda bo'lib, qanday maqsadda notarial idoraga murojaat etganligini aniqlaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan notarial harakatlar qonunga zid bo'lmasa, boshqa shaxslarning manfaatlariga putur etkazmasagina uni amalga oshiradilar. Bu bilan notarial idoralar fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar. Notarius o'z faoliyatida faqat qonunga, jumladan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Notariat to'g'risidagi qonuni, O'zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi Qo'llanma va notarial faoliyatga oid boshqa qonun va qonun osti hujjatlariga bo'ysunadi. Bu notarial harakatni har tomonlama xolisona bajarilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida ko'rsatib o'tilgandek, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. Sud orqali himoyalanish huquqi Notariat huquqining muhim tashkiliy tamoyillaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44- moddasida har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi deyilgan. Notariat huquqining sud orqali himoyalanish huquqi O'zbekiston Respublikasining Notariat to'g'risidagi qonunni 39-moddasida o'z ifodasini topgan bo'lib, bunga asosan amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to'g'risidagi qarorni noto'g'ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqli. Sud orqali himoyalanish huquqidan notariat huquqida nafaqat jismoniy va yuridik shaxslar balki, notariuslar ham foydalanishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Notariat to'g'risidagi qonuni 3-moddasiga asosan litsenziya berish rad etilgan taqdirda sudga murojaat qilish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi Notariat to'g'risidagi qonunining 1-moddasida: O'zRda Notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo'li bilan himoya qilishni ta'minlashdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni davlat notarial idorasida ishlovchi notariuslar amalga oshiradi. Davlat notarial idoralarining reestrini O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi. Notariuslar bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.16 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.16 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga