Notiqlik sanati tarixi. Antik notiqlik. Sharq notiqligi

Notiqlik sanati tarixi. Antik notiqlik. Sharq notiqligi

O'quvchilarga / Huquq
Notiqlik sanati tarixi. Antik notiqlik. Sharq notiqligi - rasmi

Material tavsifi

Notiqlik san'ati tarixi. Antik notiqlik. Sharq notiqligi Reja: 1.Notiqlik san'ati tarixi. Yunon notiqligi. Rim notiqligi. 2. Ritorika. Sinegorlar. Logograflar. 3. Sharq notiqligi. Sud jarayoni va nutq madaniyati. Tayanch so'z va iboralar: notiqlik, notiqlik san'ati, ritorika, logograflar, sinegorlar, vaz, voiz, Voizlik san'ati, prokuror va notiqlik, advokat va notiqlik, sudya va notiqlik, sud jarayoni va nutq madaniyati. Qadimgi san'at turlaridan biri notiqlik dastlab Misr, Assuriya, Vavilon kabi qadimiy davlatlarda taraqqiy topgan bo'lsa-da, qiyinchalik Gretsiyada rivojlandi, shakllandi va taraqqiyot bosqichlariga ko'tarildi. Perikl, Kleon, Lisi, Demosfen, Gipperid kabi davlat arboblari notiqlikni san'at darajasiga ko'tardilar. Shu bois notiqlik san'ati nazariyasi haqidagi, dastlabki ma'lumotlar, asosli fikr-mulohazalar Yunoniston notiqlik san'ati tarixi bilan bevosita bog'liqdir. Yunoniston barcha ilmlarning beshigi bo'lgani kabi, notiqlik san'ati taraqqiyotida ham dunyo tamadduniga muayyan hissa qo'shgan madaniyat markazi hisoblanadi. Tadqiqotlardan malum bo'lishicha, jahon ijtimoiy taraqqiyoti va madaniyati tarixida hech bir davrda notiqlik san'ati Yunoniston mamlakatidagi kabi yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan emas. Tarixga murojaat qilinsa, qadimgi Gretsiyada tijorat yaxshi yo'lga qo'yilgan, rivojlangan edi. Ayniqsa, savdo-sotiq muammolari, tijoriy ishlarni muhokama qilish, yakuni haqida muayyan xulosalarga kelish huquqshunoslarga bo'lgan talab va ehtiyojni keltirib chiqardi. Shu tufayli notiqlik san'ati taraqqiyotida savdo tizimi katta rol o'ynaganligi tabiiydir. Demak, Gretsiyada ijtimoiy-maishiy hayotga doir notiqlik bilan bir qatorda siyosiy, ma'muriy faoliyatga doir notiqlik ham takomil bosqichiga ko'tarildi. ma'muriy notiqlik san'atining taraqqiyotida Grek sud rasmiyatchiligining roli ham etiborlidir. Eramizga qadar Solon hukmronligi yillarida amaldagi mavjud qonunga binoan har bir afinalik sudda o'zini o'zi himoya qila olish huquqiga ega edi. Tabiiyki, bu jarayon kishilarni madaniyatli, o'z navbatida, ta'sirli nutq ijod qilishga majbur qilar edi. Biroq besh qo'l barobar bo'lmagani kabi, bu jarayonga barchaning ko'nika olmasligi tabiiy edi. Hamma ham nutq jarayonida notiqlik mahoratini to'liq egallay olmadi. Shuning uchun Gretsiyada nutq matnini yozib beruvchilarga ehtiyoj tug'ildi. Notiqlar, yuristlar sudlanuvchilardan muayyan moddiy mablag' evaziga nutq matnini ko'chirib bera boshlaydilar. Sudlanuvchi bu matndan foydalanib, sud jarayonida o'zini himoya qiladi. Tabiiyki, bu vazifani hamma ham zarur darajada uddalay olmadi. Natijada notiqlikni eplay olmagan kishilar uchun sudda boshqa shaxsni himoyachi sifatida tavsiya qilishga sud tomonidan ruxsat beriladigan bo'ldi. Bu davrda Gretsiyada tantanali marosimlarda, yubileylarda nutq so'zlovchilar - maqtov notiqligi ham paydo bo'ladi. O'z navbatida, maqtov notiqligi ham notiqlik san'ati tarixida muayyan o'rin egallay boshladi. Gretsiyada boshqa san'at turlari kabi notiqlik san'ati ham o'z qadr-qimmatini topa boshladi. Biroq chiroyli nutqdan ko'ra mazmunli fikrni etirof etgan greklar nutqning ko'proq shu jihatlariga etibor berar edi. Ayniqsa, yosh avlodga notiqlik san'atini mukammal o'rgatishni masulyatli vazifa deb qarardilar. Shu bois Gretsiyada maxsus notiqlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.29 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.29 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga